Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Oktabr/2020   Dolzarb

O‘zbekistonning BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga saylangani mamlakatning inson huquqlari borasida yutuqlarga erishganidan dalolat – latviyalik mutaxassis


RIGA, 22-oktabr. /«Dunyo» AA/. Latviyaning «Marta» ijtimoiy yordam markazi direktori Iluta Lase O‘zbekistonning BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga (IHK) saylanishi yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

– O‘zbekistonning 2021-2023 yillarda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga saylanishi mamlakatning inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida yutuqlarga erishganini anglatadi.

O‘zbekiston bilan 2009 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqdaman. Bugungi kunda mamlakat oldida turgan muammolar ochiq muhokama qilinmoqda. Ularni qanday hal qilish yo‘llari izlanmoqda. Birgina misol.

«Marta» markazi o‘zbekistonlik sheriklar bilan yaqin hamkorlik qiladi, gender tengligini rivojlantirish, ayollar va oiladagi zo‘ravonlik qurbonlariga yordam beradi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston hukumati ham turli qo‘llab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirmoqda. Yuqori lavozimlarda ishlayotgan xotin-qizlar soni ham ortib bormoqda.

Ushbu sohada olib borilayotgan ishlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida pandemiya oqibatlariga qarshi kurashish doirasida yangi loyihani amalga oshiryapmiz.

Biz o‘zbekistonlik sheriklar uchun video va elektron materiallarni ishlab chiqyapmiz. Ularda jurnalistlar, hamkorlar, o‘z xizmatlarini taklif qilayotgan faollarga pandemiya vaziyatida qanday yo‘l tutish kerakligi haqida tavsiyalar beriladi.
 

Mavzuga oid

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi Favqu...

O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi V.Fen va...

«LETA» agentligi: BMTning Yoshlar huquql...

Latviyaning «LETA» Milliy axborot agentligi 12-13 avgust kunlari videokonferensiya shaklid...

Yaponiyalik mutaxassis: “Yoshlar huquqla...

Shu yil 12-13 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan «Yoshlar 2020: global birdamlik, barqaror rivo...

So`nggi yangiliklar