Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Oktabr/2021   Saylov - 2021

O‘zbekistonning Bryusseldagi elchixonasi vatandoshlarimizni Prezident saylovida faol ishtirok etishga chaqirmoqda


 BRYUSSEL, 19 oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi Benilyuks mamlakatlari va Daniyada yashayotgan vatandoshlarimizni 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan  Prezident saylovida faol ishtirok etishga chaqirmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Elchixona huzurida tashkil etilgan 9-saylov uchaskasi komissiyasi  nomidan eʼlon qilingan ovoz berishda ishtirok etish bo‘yicha taklifnoma diplomatiya missiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va vatandoshlarimiz o‘rtasidagi ommabop telegram-kanalda joylashtirildi.

«9-uchastka saylov komissiyasi sizni 2021 yil 24 oktyabr kuni o‘z konstitutsiyaviy huquqingizdan foydalanishga - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishga taklif qiladi (manzil: Avenue Franklin Roosevelt 99, 1050 Brussels).

Shu bilan birga, mazkur sanada elchixonaning konsullik bo‘limi tomonidan Benilyuks mamlakatlari hamda Daniyada istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun «ochiq eshiklar kuni» tashkil etiladi.

Unda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishishingiz va mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin», - deyiladi xabarda.

Elchixona, shuningdek, saylov kuni ovoz berish uchun imkoni  bo‘lmagan saylovchilar 19-20 oktyabr kunlari mahalliy vaqt bilan soat 09.00 dan 19.00 gacha elchixonada tashkil qilingan saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berishi mumkinlini eslatib o‘tgan.

Mavzuga oid

Markaziy saylov komissiyasi raisi ishti...

Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida komissiya raisi Zayniddin Nizomxodjayev isht...

Malayziyada O‘zbekiston Prezidenti saylo...

Mamlakatimizning Malayziyadagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti s...

Saudiya Arabistonidagi vatandoshlarimiz ...

Saudiya Arabistoninida fuqarolarimizni O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin o...

So`nggi yangiliklar