Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Yanvar/2021   Iqtisodiyot

O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari rahbarlari mamlakatimiz to‘qimachilik sanoati imkoniyatlari bilan tanishdi

TOSHKENT, 6-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari salohiyatini o‘rganmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Kuni kecha “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari va savdo maslahatchilari hamda to‘qimachilik sanoati vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etdi.

Taʼkidlash joizki, diplomatik vakolatxonalar vakillari bilan sanoat tashkilotlari o‘rtasida bunday uchrashuv ilk bor o‘tkazilmoqda.

Uchrashuv yangi maʼlumotlar va muhokamalarga boy tarzda o‘tdi  Xususan, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi har bir xorijiy mamlakat uchun hamkorlikka eʼtibor qaratgan holda soha taqdimotini o‘tkazdi.

O‘z navbatida diplomatlarimiz xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari, chet el kompaniyalari bilan ikki tomonlama uchrashuvlarni tashkil qilishdagi muammolar va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari haqida maʼlumot berishdi. 

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakillari O‘zbekiston hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish hajmini oshirish uchun xorijiy mamlakatlarning ishbilarmon doiralari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish, to‘qimachilik sanoati imkoniyatlarini keng yoritish uchun ayrim xorijiy davlatlarning hududlarida doimiy ko‘rgazma zallarini, shuningdek “O‘ztukimachiliksanoat” uyushmasining Xitoy, Germaniya, Turkiya davlatlarida vakolatxonalarini ochish, shuningdek, Turkmaniston, AQSH, Misr, Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Pokiston kabi mamlakatlarda bojxona to‘lovlarini kamaytirish bo‘yicha takliflarni bildirdilar.

Davra suhbati yakunida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzazidan kelgusi rejalarni aniqlab olish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Uchrashuvdan so‘ng diplomatik vakolatxonalar rahbarlari Koreya Respublikasining To‘qimachilik texnologiyalari instituti ko‘magida tashkil etilgan «Uz-Kor To‘qimachilik» texnoparki faoliyati bilan tanishdilar.

Mavzuga oid

Energetika vazirligi va “Vneshekonomban...

O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri Alisher Sultonov Rossiyaning Federatsiyasi “VEB...

Turkiya bilan investitsiya loyihalarini ...

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Turkiyaning mamlakatimizdagi Favqu...

“O‘zsanoatqurilishbank” Xalqaro moliya k...

“O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankining raqobatbardoshligi va investitsion ...

So`nggi yangiliklar