Uz / Ўз Ru En

Toshkent

14/May/2021   Vatandoshlarimiz

O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi ushbu mamlakatda tahsil olayotgan mamlakatimiz yoshlari bilan onlayn-muloqot o‘tkazdi


TЕHRON, 14 may. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Tehrondagi elchixonasi tomonidan “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahakamlash yili” davlat dasturi ijrosi doirasida va Ramazon hayiti munosabati Eronda tahsil olayotgan o‘zbek talabalari bilan videomuloqot o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Onlayn-tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida so‘nggi yillarda mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar haqida batafsil so‘zlab berildi. Xususan, davlatimizning diniy-ma’rifiy sohadagi erkinlik va shaffoflik, bag‘rikenglik tamoyillariga asoslangan siyosatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

O‘zbekistonlik yoshlarga mamlakatimizda Uchinchi Renessansga asos solish bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakatlar, yoshlarning zamonaviy bilim olish, ilm-fan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, jamiyatga foyda keltirishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi tizimli ishlar haqida ma’lumot taqdim qilindi.

Ishtirokchilarga xalqimizning boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy merosini har tomonlama o‘rganish, jahon ahlini ular bilan keng miqyosda tanishtirish, eng muhimi, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish maqsadida Toshkent shahrida Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etilayotgani, Samarqand shahrida Imom Moturudiy markazi faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berilib, ushbu markazlarda fors va arab tillarini mukammal o‘zlashtirgan yosh mutaxassislarga ehtiyoj yuqoriligi ma’lum qilindi.

O‘zbekistonlik talabalar davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va amalga oshirilayotgan tizimli islohotlardan cheksiz mamnun ekani, mamlakatimizdagi yangilanish jarayonida faol ishtirok etishini ta’kidladi.

Tadbirda elchixona konsullik bo‘limi tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar ko‘lami kengaygani, xususan, xorijga chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtirib berish imkoniyati mavjudligi va boshqa turdagi konsullik-huquqiy masalalar haqida ma’lumot berildi.

Videomuloqotda O‘zbekistonlik yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston “Tadbirkor ayol” uyushmasi B...

O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi bilan “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ...

Samarqandda xorijdagi vatandoshlar bilan...

Joriy yil 22 dekabr kuni Samarqand viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti tashabbus...

Qozog‘istonlik vatandoshimiz O‘zbekiston...

Bugun mamlakatimizning Olma-ota shahridagi bosh konsuli Abror Fatxullayevga qozog‘istonli...

So`nggi yangiliklar