Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Aprel/2021   Media

O‘zbekistonning “GSP+” benefitsiar maqomini olishi Xitoy OAV diqqat markazida


PEKIN, 13-aprel. /“Dunyo” AA/. Xitoyning «Jenmin Jibao»  gazetasi elektron portalida «O‘zbekiston “GSP+” tizimi bo‘yicha Yevropa Ittifoqiga bojsiz eksport qilishda imtiyozlar oladi» sarlavhali material chop etildi, deb xabar berdi “Dunyo” AA muxbiri.

Maqola Yevropa Ittifoqi imtiyozlar maxsus tizimining O‘zbekiston uchun ham amal qila boshlaganiga bag‘ishlangan.

Nashrda “GSP+” imtiyozlar tizimining O‘zbekistonga nisbatan qo‘llanishi o‘z vaqtidagi kiritilgan amal bo‘lib, ayniqsa, mamlakat COVID-19 taʼsiridan qutulayotgan davrda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlangan. Bu O‘zbekiston tomonidan Yevropa Ittifoqiga boj to‘lovisiz yetkazib berilayotgan tovarlarning sonini ikki baravar oshirish va ularni 6 ming 200 donaga yetkazish imkonini beradi.

O‘zbekiston tomonidan ushbu tizim benefitsiari maqomini olish investorlar va xususiy sektor vakillariga mamlakatda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda kuchli turtki bo‘ladi.

Bundan tashqari, bu «O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qilish va jadal rivojlantirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi», deb yozadi «Jenmin Jibao» gazetasi.

Mavzuga oid

Misrning “Al-Xabar al-youm” gazetasi O‘z...

Misr matbuoti mamlakat jamoatchiligini O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi so‘nggi...

Polshada yangi O‘zbekistonga bag‘ishlang...

Varshavada O‘zbekiston davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan «Yangi O‘zbekist...

«Les Echos» gazetasi O‘zbekiston iqtisod...

Fransiyaning yetakchi «Les Echos» nashrida “Covid: davlatlar salohiyatiga qarab iqtisodiy ...

So`nggi yangiliklar