Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Sentabr/2021   Media

O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqealar O‘mon matbuoti nigohida


MASKAT, 16-sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘mon Sultonligining «Asdaa Oman» gazetasida O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi eng muhim voqealar va tadbirlarga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘mon nashri O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabariga tayanib, Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-17 sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlarining sammitida qatnashishini maʼlum qilgan.

«Asdaa Oman» xabarida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlarining sammitidan so‘ng ushbu tashkilotga raislik O‘zbekistonga o‘tishi haqida so‘z yuritilgan.

Shuningdek, ertangi anjuman doirasida Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha “Shanxay Hamkorlik Tashkiloti – Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti” formatidagi uchrashuv ham o‘tkazilishi aytilgan.

Bundan tashqari, maqolada o‘tgan hafta O‘zbekiston Prezidenti mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishgani haqida yozilgan.

Xususan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 sentabr kuni O‘zbekistonda xirurgiya xizmatini transformatsiya qilishga oid taqdimot bilan tanishgani, mamlakatda har yili 750 mingta jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi, respublika markazlarida jahon tibbiyotining yutuqlarini o‘rganishga asoslangan barcha zarur sharoitlar yaratilgani taʼkidlangan.

Bundan tashqari, ushbu maqolada O‘zbekiston-Turkiya o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va sarmoyaviy sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgani haqida so‘z yuritilib, O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi raisining o‘rinbosari – Istanbul parlamenti deputati Nuʼmon Kurtulmush boshchiligida Turkiya parlamentining bir guruh deputatlari bilan uchrashuv o‘tkazgani maʼlum qilingan.

«Asdaa Oman» nashri gazetxonlar eʼtiborini respublikamiz madaniy hayotida sodir bo‘layotgan muhim voqealarga qaratib, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan Madaniy meros haftaligi haqida hikoya qilgan. Xususan, “O‘zbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans poydevori” mavzusida o‘tayotgan V Xalqaro kongress doirasida “O‘zbekiston madaniy merosi – dunyo to‘plamlarida” turkumidagi kitob-albomlarning yangi jildi taqdimoti o‘tkazilgani aytilgan.

Madaniy meros haftaligi doirasida Xiva shahrida "Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida" xalqaro madaniyat forumi, YUNESKO shafeligida “Arxeologiya va turizm: salohiyatni aniqlash va merosni boshqarish” xalqaro anjumani, O‘zbekiston fuqarolari va xorijlik mehmonlarni mamlakatimiz sanʼatining noyob durdonalari bilan tanishtirish maqsadida o‘ndan ortiq ko‘rgazmalar o‘tkazish rejalashtirilgani va ushbu haftalik 21 sentyabrgacha davom etishi taʼkidlangan.

Bundan tashqari, haftalik doirasida O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha Butunjahon assotsiatsiyasining beshinchi xalqaro konferensiyasi o‘tkazilishi, unda AQSH, Germaniya, Italiya, Vengriya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Yaponiya, Albaniya, Avstriya, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Gretsiya, Isroil, Hindiston, Iordaniya, Eron, Xitoy, Livan, Mo‘g‘uliston, BAA, Niderlandiya, Ukraina va Polsha kabi 40 ga yaqin mamlakatdan 300 dan ortiq olim, ekspert va mutaxassis ishtirok etishi aytilgan.

Mavzuga oid

Italiya ommaviy axborot vositalarida O‘z...

Italiya matbuoti SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining Dushanbe sammitida O‘zbeki...

Turkiyaning “Bursa Global” internet nash...

Mamlakatimizning Turkiyadagi elchisi Alisher Aʼzamxo‘jayev O‘zbekiston mustaqilligining 30...

O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi: ...

Hindistonning yetakchi axborot agentliklaridan biri - «Asian News International» («ANI New...

So`nggi yangiliklar