Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Sentabr/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi: Samarqand shahri - Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasini qabul qilishga asosiy daʼvogar


MADRID, 16-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning Madridda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik missiyalari vakillari uchun onlayn-brifing o‘tkazdi, deb xabar  bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir 2023 yilda BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasini o‘tkazish uchun Samarqand shahri nomzodi ilgari surilganiga bag‘ishlandi. Unda Indoneziya, Malayziya, BAA, Bangladesh, O‘mon, Turkiya, Jazoir, Iroq, Eron, Pokiston, Qatar singari yigirmadan ziyod diplomatiya vakolatxonalarining rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston elchisi Jaxongir G‘aniyev respublika rahbariyati tomonidan mamlakat sayyohlik sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumotlarni taqdim etdi.

Anjuman qatnashchilari O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati, shuningdek, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarning diqqatga sazovor maskanlari va asosiy qadamjolari bilan yaqindan tanishtirildi.

O‘z navbatida, diplomatiya vakolatxonalari rahbarlari O‘zbekistonning 2023 yilda YUNVTO Bosh Assambleyasi sessiyasini o‘tkazish uchun Samarqand shahri nomzodini ilgari surish bo‘yicha tashabbusini maʼqulladi.

Qatar elchisi Abdulloh bin Ibrohim Al-Hamar O‘zbekistonda turizm sohasi milliy iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanishi, respublikada sayyohlikning yangi turlari, ayniqsa, ziyorat turizmi yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha ulkan islohotlar amalga oshirilayotgani va bunday saʼy-harakatlar natijasida O‘zbekiston 2019 yilda musulmon sayohlik Global indeksining top-10 reytingidan joy olganini taʼkidladi.

Pokiston elchisi Shujat Ali Ratorning fikr bildirishicha, O‘zbekiston kuchli ilohiyot maktabiga ega bo‘lgan davlatdir. «Bu zamindan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Bahouddin Naqshbandiy va boshqa ko‘plab dunyoga mashhur ilohiyotchilar yetishib chiqqanini hamma biladi. Buxoro shahri 2020 yilda Islom madaniyati poytaxti deb eʼlon qilingani ham tasodif emas», - dedi u.

Indoneziya elchixonasining Muvaqqat ishlar vakili Bayu Xari Saktiavan «Ziyorat turizmini rivojlantirishda asosiy qadamlardan biri - musulmon mamlakatlari, jumladan, Indoneziya fuqarolari uchun viza tartibini bekor qilish bo‘yicha respublika hukumatining qarori tufayli musulmon ziyoratchilar O‘zbekistonga kichik haj ziyoratini bajarish imkoniyatiga ega bo‘ldi», - deya taʼkidladi.

Malayziya elchisi Akmal Che Mustafo ulkan sayyohlik va madaniy salohiyatga ega Samarqand Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasini munosib tarzda o‘tkazishiga, O‘zbekistonga tashrif esa ishtirokchilar xotirasida o‘chmas iz qoldirishiga ishonch bildirdi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar eʼtiboriga Samarqand haqida hikoya qiluvchi videolavha namoyish etildi.

Mavzuga oid

Buyuk Britaniyadagi vatandoshlar tomonid...

O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi ko‘magida Buxoro shahar hokimi Jamol Nosirov va Y...

AQSHning yetakchi sanʼat muzeyi Saviskiy...

O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Javlon Vahobov Simmerli nomidagi Amerika sanʼat muzeyi di...

O‘zbekiston taʼlim jarayoniga xorijiy ta...

Poytaxtimizdagi Inha universitetida O‘zbekiston taʼlim jarayoniga xorijiy tajribani joriy ...

So`nggi yangiliklar