Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Sentabr/2020   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi diplomatik vakolatxonasi rahbari «Do‘stlik elchisi– 2020» mukofoti bilan taqdirlandi

SEUL, 19 sentyabr. /«Dunyo» AA/. Koreya Respublikasi poytaxtida O‘zbekiston elchisi Vitaliy Fenga «Do‘stlik elchisi – 2020» mukofotini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Mamlakatimiz diplomatik missiyasi rahbari ushbu mukofotga O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlari va samarali faoliyati uchun munosib topildi.

Taqdirlash marosimida Janubiy Koreya do‘stlik va madaniyat elchilari uyushmasi prezidenti, nufuzli «NDNnews» jurnali raisi va noshiri Shin Xyun Du samarali diplomatik faoliyati uchun Vitaliy Fenga hurmat bajo keltirdi.

– O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, ikki mamlakat xalqlarining do‘stona munosabatlarini mustahkamlash va o‘zaro anglashuvni oshishiga qo‘shayotgan katta hissangizni qadrlaymiz, - dedi Shin Xyun Du. – Fursatdan foydalanib, Sizga davlatlarimiz o‘rtasidagi alohida strategik sheriklikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi fidoyi mehnatingiz uchun yana bir bor samimiy minnatdorlik izhor etamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 2018 yil avgust oyida Vitaliy Fen diplomatik xizmatdagi samarali faoliyati va ulkan xizmatlari uchun “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan edi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Yaponiya savdo-iqtisodiy ...

O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashki...

Ozarbayjon Milliy Majlisi qo‘mitasi rais...

Kecha Ozarbayjon Milliy Majlisi madaniyat qo‘mitasi raisi Ganira Pashayevaning «Addim – Ad...

Sankt-Peterburgdagi ota-ona qaromog‘idan...

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi xodimlari Sankt-Peterburgdagi 3-sonli yetim bolalar va ota-...

So`nggi yangiliklar