Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Sentabr/2021   Vatandoshlarimiz

O‘zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsuli vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi


OQTOV, 30-sentabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Oqtov (Qozog‘iston) shahridagi Bosh konsuli Otabek Tursinbekov konsullik okrugi hududida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashish uchun kecha «Interer Stroy Aktau» mas’uliyati cheklangan shirkatining qurilish uchastkasida bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Uchrashuv chog‘ida Bosh konsul 24 oktabr kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasi bilan bog‘liq ma’lumotlarni o‘rtoqlashdi. Shuning munosabat bilan 15 oktabrdan e’tiboran «Interer Stroy Aktau» korxonasi ma’muriy binosida O‘zbekiston fuqarolari uchun muddatidan oldin ovoz berish nuqtasi tashkil etilishi ma’lum qilindi.

Bosh konsulxona binosida Qozog‘istonning Mang‘istau, Atirau, Aktobe va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlarida vaqtincha istiqomat qiluvchi O‘zbekiston fuqarolari uchun 22-sonli saylov uchastkasi ochilganligi ham bildirildi.

Yurtdoshlarimiz O‘zbekiston hukumatiga xorijdagi migrant ishchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar uchun minnatdorlik bildirar ekan, saylovda faol ishtirok etishini aytdi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilarning konsullik-huquqiy masalalari oid savollariga ham javob berildi.

Mavzuga oid

Rossiyada 29 dekabrdan boshlab migrantl...

Joriy yil 29 dekabrdan e’tiboran Rossiyada yangi federal qonun kuchga kiradi. Unga ko‘ra, ...

Pusan shahrida vaqtincha mehnat qilayotg...

Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shah...

Turkiyadan munosabat: Biz Yangi O‘zbeki...

Turkiyadagi o‘zbek diasporasi vakili Choqay Kojar “Dunyo” AA muxbiriga bergan intervyusida...

So`nggi yangiliklar