Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Mart/2023   O’zbekiston dunyo nigohida

O‘zbekistonning Orol inqirozini hal etish bo‘yicha yangi tashabbuslari Polsha ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida

VARSHAVA, 27 mart. /“Dunyo” AA/. Polsha aholisi o‘rtasida  mashhur “SIEWIE.TV” yangiliklar telekanalining veb-saytida «O‘zbekiston BMT minbaridan Orol bo‘yicha yangi tashabbuslarni taklif qildi» sarlavhali  maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Maqolada 22-24 mart kunlari BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida tuzilmaning Suv masalalari bo‘yicha konferensiyasi bo‘lib o‘tgani, unda 2030 yilga qadar Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida obihayot orqali dunyoni birlashtirish, sayyoramiz farovonligida dengiz va okeanlarning ahamiyati, bu boradagi global tashabbuslar BMTga aʼzo barcha mamlakatlar, ixtisoslashgan idoralar tomonidan nufuzli spikerlar ishtirokida ko‘rib chiqilgani maʼlum qilingan.

Xalqaro hamjamiyat 45 yillik tanaffusdan so‘ng ilk marotaba bunday konferensiyada jam bo‘ldi. Chunki masala nihoyatda dolzarb: 2050 yilga borib sayyoramiz aholisining 5 milliard kishisi suv tanqisligidan aziyat chekishi mumkin.

Nashrda taʼkidlanganidek, konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkil etiladigan Aral Culture Summit – Orol madaniyat sammiti loyihasining taqdimoti o‘tkazildi.

«Bu mahalliy va xalqaro hamjamiyatni, yetakchi olimlar, arxitektorlar, rassomlar va dizaynerlarni birlashtiradigan yangi muassasadir. «Bu mahalliy va xalqaro hamjamiyat, yetakchi olimlar, arxitektorlar, rassom va dizaynerlarni birlashtiradigan yangi institut. Orol madaniyati sammiti doirasida yosh avlodni mintaqadagi vaziyatni yaxshilashga hissa qo‘shadigan ko‘nikmalarni shakllantirishga undaydigan taʼlim va almashinuv dasturlari, stipendiyalar va stajirovkalar tashkil etiladi», deyiladi manbada.

Maqolada, shuningdek, sammit doirasida biodizayn ferma-laboratoriyasi tashkil etilishi,  loyiha doirasida mintaqani suv bilan taʼminlash, yangi ekin turlarini yaratish, shuningdek, hududda sho‘rlanishni kamaytirish bo‘yicha turli texnologiyalar o‘rganiladi va ishlab chiqilishi kabi maʼlumotlar o‘quqchilar eʼtiboriga havola etilgan.

«Sammit ijodkorlarni mahalliy fermerlar bilan birlashtirib, yangi o‘simliklar yetishtirish uchun biodizayn sohasida barqaror aloqalarni o‘rnatishi va shu orqali kelgusi 10 yilga mo‘ljallangan strategik rejani ishlab chiqishi maʼlum qilindi. Bu mahalliy hamjamiyatda ulkan o‘zgarishlar uchun zamin yaratadi»,- deb qayd etadi Polsha OAV.

Maqolada  taʼkidlanganidek, 23 mart kuni konferensiyaning yuqori darajadagi yalpi majlisida mamlakatimiz delegatsiyasi aʼzosi Saida Mirziyoyeva nutq so‘zlab, BMT minbaridan Orol dengizi fojiasining oqibatlari, ularni yumshatish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar va bu boradagi xalqaro saʼy-harakatlarni birlashtirishda mamlakatimizning yetakchiligi xususida so‘z yuritdi.

 «Orol dengizining inqirozi insoniyatning atrof-muhitga eʼtiborsizligi oqibatlari haqida dahshatli eslatmadir. Biroq, g‘amxo‘r odamlarning saʼy-harakatlari tufayli u yana umid va yangilanish ramziga aylanmoqda», deya  Saida Mirziyoyeva so‘zlaridan  iqtibos keltiriladi  nashrda.

Maqolada, shuningdek,  Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar xalqaro darajada qo‘llab-quvvatlanib, 2021 yilda BMT Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb eʼlon qilish haqidagi rezolyutsiya qabul qilingani, sal avvalroq – 2018 yilda Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosidagi trast fondiga asos solingani qayd etildi.

Maʼruzachi davlat tomonidan amalga oshirayotgan chora-tadbirlar haqida to‘xtalar ekan, hududda yashil bog‘larni yaratish uchun 14 million dollardan ortiq mablag‘ ajratilgani bildirdi, deyiladi maqolada.

«Fojia oqibatlarini bevosita o‘z boshidan kechirayotgan Qoraqalpog‘iston xalqining matonati, mehnatsevarligi, yaratuvchanligi alohida eʼtirof etildi. Mintaqaning og‘ir sharoitida, ayniqsa, ayollar kuchli g‘amxo‘rlik va ko‘makka muhtojligi, ular uchun imkoniyatlarni kengaytirish zarurligiga eʼtibor qaratildi. So‘zining yakunida Saida Mirziyoyeva xalqaro hamjamiyatni global suv masalalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan Orol fojiasi oqibatlarini yumshatishda O‘zbekistonning saʼy-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga chaqirdi», deb yozadi SIEWIE.TV».

Mavzuga oid

O‘zbekistonning qiynoqlarni oldini olish...

Latviyaning «Press.lv» portali saytida «Qiynoqlarni oldini olishning milliy profilaktika m...

O‘zbekistonning “GSP+” benefitsiar maqom...

Xitoyning «Jenmin Jibao» gazetasi elektron portalida «O‘zbekiston “GSP+” tizimi bo‘yicha ...

O‘zbekistonning turizm sohasidagi imkoni...

Saudiya Arabistonining “Swift News” elektron nashrida “O‘zbekistonning turizm sohasidagi s...

So`nggi yangiliklar