Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Mart/2021   Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili

O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasida “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturini amalga oshirish borasida qilinayotgan ishlar muhokama qilindi


VARSHAVA, 3-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”ga bag‘ishlangan axborot tadbiri o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda Polsha oliy bilim yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar va ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda elchi Bahrom Boboyev ishtirokchilarga davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan yoshlarga oid siyosatning maqsad va ustuvor vazifalari xususida batafsil maʼlumot berdi. Mamlakatimizda yoshlarning ijtimoiy hamda maʼnaviy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratib berishga qaratilgan saʼy-harakatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratildi.

Jumladan, O‘zbekistonning yoshlarga oid davlat siyosati millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqei, jinsi, maʼlumoti va eʼtiqodidan qatʼiy nazar yoshlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, yigit-qizlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish, O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlari doirasida o‘z manfaatlarini amalga oshirish yo‘llarini erkin tanlab olishiga kafolat berish kabi qator qoidalarga asoslanishi aytib o‘tildi. Tadbirda, shuningdek, elchixona tomonidan joriy yilgi davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilayotgani qayd etildi. Polsha davlatida yosh vatandoshlar bilan ishlash yo‘nalishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgani urg‘ulandi.

Tadbirda Varshava universiteti magistraturasi talabasi Bobur Rahmatov so‘zga chiqib, O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgani, jumladan, yoshlarimizning xorijda taʼlim olishi uchun joriy qilingan qator yangi loyiha va dasturlar haqida ishtirokchilarga aytib o‘tdi.

Tadbirda Polsha oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar va ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlar O‘zbekistonda islohotlar ko‘lami va samarasini yana-da oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, g‘ayratli va tashabbuskor yoshlarimizga tayanishi haqida keng tushunchaga ega bo‘lib, tadbirni yuqori saviyada o‘tkazishda o‘z hissasini qo‘shdi.

Mavzuga oid

Yaponiyada «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash...

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi ...

O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasida...

O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligin...

So`nggi yangiliklar