Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Oktabr/2020   Iqtisodiyot

O‘zbekistonning qurilish sohasidagi tajribasi Pokiston OAVlari diqqat markazida


ISLOMOBOD, 29-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Pokistonning ingliz tilidagi "The National Herald Tribune" axborot agentligi veb-saytida nashr etilgan navbatdagi maqola shundan dalolat beradi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

"O‘zbekistonda, jumladan, qurilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar Pokiston keng jamoatchiligi va Pokiston ommaviy axborot vositalari mutaxassislari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinmoqda", deya qayd etadi agentlik bosh muharriri Riyoz Ahmad.

Maqolada O‘zbekistonda qurilish sohasida olib borilayotgan ishlarga alohida eʼtibor qaratilgan. "Bu yil qishloq joylarda 12 mingdan ziyod uy va shaharlarda 18 mingga yaqin ko‘p qavatli uy qurilmoqda", deb yozadi muallif. Shu bilan birga, u Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Sardoba” suv omborida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat oqibatida zarar ko‘rgan fuqarolar uchun 86 ta besh qavatli uy-joy majmuasini qurilishi tashabbusini yuqori baholadi.

“Loyihalar bilan tanishish chog‘ida davlat rahbari masʼul shaxslarga to‘plangan tajribani inobatga olgan holda uy-joy qurish loyihalarini yakunlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. O‘zbekiston Prezidenti ham loyihani maʼqulladi va bunday uylarni mamlakatning barcha aholi zich joylashgan joylarida qurish zarurligini taʼkidladi”, deyiladi maqolada.

Bundan tashqari, maqolada O‘zbekiston hukumatining mamlakatimizda ilmiy-tadqiqot institutlarini yaratish borasidagi harakatlariga ijobiy baho berilgan. Xususan, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti hududida ushbu o‘quv yurti, shuningdek, O‘zbekiston Milliy universiteti va Turin politexnika universitetining 36 ming talabasi va 2 mingdan ziyod o‘qituvchisi uchun ilmiy-tadqiqot markaziga aylanadigan zamonaviy o‘quv-amaliy majmuani qurishni ana shunday loyihalardan biri sifatida eʼtirof etiladi.

Mamlakatimiz rahbariyatining Nukus shahrini obodonlashtirish va ko‘chalarni ko‘kalamzorlashtirish, suv omborlari, bog‘lar, maydonlar, shuningdek, ko‘plab savdo do‘konlari va maishiy xizmat ko‘rsatish markazlarini yaratish loyihalarini amalga oshirish orqali Qoraqalpog‘iston aholisining dam olish sharoitini kengaytirishga daʼvati ham ijobiy qayd etildi.

"Umuman olganda, O‘zbekistonning bu boradagi tajribasi boshqa mamlakatlar, shu jumladan har yili tabiiy ofatlardan aziyat chekayotgan Pokiston uchun foydali bo‘lishi mumkin", deb xulosa qilinadi maqolada.

Mavzuga oid

Sardor Umurzoqov boshchiligidagi Respubl...

Ishchi guruh aʼzolari joylardagi korxonalarga borib, tadbirkorlar va eksportchilar faoliya...

O‘zbekistonda 2020 yilda 530 ta xalqaro ...

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi farmoyishi bilan 202...

O'zbekiston va Tojikiston Zarafshon dary...

O'zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosi havzasida GES qurish, ekspluatasiya qilish tar...

So`nggi yangiliklar