Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Avgust/2020   O‘sish nuqtasi

O‘zbekistonning quritilgan mevalari eksport hajmini oshirishda ulkan imkoniyatlar taqdim etishi mumkin – yaponiyalik importyor


TOKIO, 10 avgust. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Yaponiyaga mayiz eksport qiluvchi davlatlar orasida 8-o‘rinni egalladi. Bugungi kunda quritilgan mevalarni Kunchiqar yurtga yetkazib berish tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Ular Yaponiyaning eng yirik internet-do‘konlarida – Rakuten, Amazon, Yahoo sotilmoqda, shuningdek "Silk Road Fruits" savdo nomi ostida qandolat fabrikalariga yetkazib berilmoqda.

O‘zbekistondan quritilgan mevalarni import qiluvchi Yaponiyaning "Global Silk Road Inc." kompaniyasi mamlakatimizdagi ishlab chiqaruvchilar bilan 500 ming AQSh dollariga shartnoma tuzdi.

«Dunyo» AA muxbiri "Global Silk Road Inc." prezidenti Yosuke Shamoto bilan suhbatlashdi, savdo hamkorligini rivojlantirish va kompaniyaning istiqboldagi rejalari bilan qiziqdi.

– 2009-2012 yillarda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) orqali ta’lim sohasida ishlaganman, – dedi yaponiyalik biznesmen. – O‘sha kezlarda menda O‘zbekiston – Yaponiya hamkorligini rivojlantirish jarayonida qatnashish istagi paydo bo‘ldi.

2017 yilning dekabr oyida do‘stim bilan O‘zbekiston mahsulotlarini, asosan quritilgan mevalarni Yaponiya bozorlariga olib kirish uchun “Global Silk Road Inc.” Kompaniyasiga asos soldik.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston quritilgan mevalari o‘zining betakror ta’mi bilan dunyoga mashhur.

Yaponiyada tashilayotgan yuklar sifatiga yuqori talablar mavjud bo‘lsa-da, O‘zbekistonning ishonchli kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilishga, mamlakatimiz talablariga javob beradigan raqobatbardosh brendni yaratishga muvaffaq bo‘ldik.

O‘zbekistonlik eksportchilarning sa’y-harakatlari tufayli yetkazib berish hajmi muttasil oshib bormoqda.

O‘zbekiston Prezidenti rahnamoligida mamlakatda biznes yuritish uchun qulay sharoit yaratish borasida olib borilayotgan islohotlardan yaxshi xabardorman. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston bilan hamkorligimiz rivojiga yordam beradi.

O‘zbekistonning quritilgan mevalari eksport hajmini oshirishda ulkan imkoniyatlar taqdim etishi mumkin. Biz O‘zbekiston mahsulotlarining Yaponiyaga importini kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirish niyatidamiz.

Mavzuga oid

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotla...

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2000 yildan buyon mamlakatimizn...

Said al-Mag‘ribiy: “Pandemiya sharoitida...

Said al-Mag‘ribiy: “Pandemiya sharoitida ham ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlik aloqalari i...

2020-yil O‘zbekistonda 2,4 million kvad...

Mamlakatimizda qurilish materiallarini ishlab chiqarish va ularning tannarxini arzonlashti...

So`nggi yangiliklar