Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/May/2020   Jamiyat

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi: charter reyslar ro‘yxatini tuzishda blogerlar ham ishtirok etmoqda


 TOSHKENT, 25- may. /“Dunyo” AA/. So‘nggi kunlarda O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyadan olib chiqish uchun tashkil qilinayotgan charter reyslari keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi manbasiga asoslanib.

«Biz ijtimoiy tarmoqlarda vatandoshlarimiz va blogerlarning o‘zbekistonliklarni Vatanimizga qaytarish jarayoni va natijalaridan norozi bo‘lib bildirilgan sharhlar va videolavhalarni kuzatib bormoqdamiz.

 Ushbu masalada ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini taʼminlash maqsadida, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi qator jamoat arboblari va blogerlarni taklif qilib, birgalikda diplomatik missiyalar tuzgan ro‘yxatlarga kiritilgan fuqarolar orasidan bo‘lajak charter reyslari fuqarolari ro‘yxatini shakllantirish tashabbusi bilan chiqdi. Xususan, 2020 yilning 22 va 23 may kunlari o‘tkazilgan muhokamalarda elchixonaga yordam berish taklifi bilan chiqqan bloger Umid Muydinov va shifokor reanimatolog-anesteziolog Zulfiyabegim Suxina ishtirok etdi.

 Bizni asossiz ravishda axborotni yashirish va yopiqlikda ayblovchi murojaatlarning oldini olish maqsadida, keyingi charter reyslarini tashkillashtirishda ushbu amaliyotni davom ettiramiz», - deyiladi vazirlik tarqatgan axborotda.

Mavzuga oid

Mahalla instituti – O‘zbekistonda xalq d...

Mahalla instituti – O‘zbekistonda xalq diplomatiyasini rivojlantirishning muhim mexanizmi....

O‘zbekiston elchisi Minskda ommaviy axbo...

Mamlakatmiz elchixonasi tashabbusi bilan Belarus Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Resp...

Janubiy Koreyada Muhabbat Yo‘ldoshevani...

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Muhabbat Yo‘ldoshevaning «Mening bulut do‘stlarim...

So`nggi yangiliklar