Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Avgust/2022   Sayyohlik

O‘zbekistonning “Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasi Turkiyada katta qiziqish uyg‘otmoqda

ANQARA, 19-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori va Turkiy dunyo doirasida “Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasini Turkiyadagi hamkor tashkilotlarga yaqindan tanishtirish borasida izchil saʼy-harakatar olib borilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Nafaqat Turkiya, balki butun Turkiy dunyoda nufuzli hisoblangan “TRT-Avaz” telekanali rahbariyati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida mamlakatimizning Turk dunyosi maʼnaviy olamiga qo‘shgan tarixiy hissasini keng yoritish yuzasidan “Tabarruk ziyorat – oltin silsila” nomli dasturlar turkumini yaratishga kelishib olindi. Dastur doirasida Turkiyaning yirik islomshunos olimlaridan biri - professor  Jevat Akshitning boshlovchi sifatida ishtirok etishi va Toshkent, Samarqand, Termiz va Buxoro shaharlari beshik bo‘lgan buyuk allomalar hayotini atroflicha hikoya qilish asnosida “Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasida o‘z aksini topgan masalalarni turk tomoshabinlarining eʼtiboriga havola etishi rejalashtirilmoqda.

“Men 30 yildan buyon ko‘plab mamlakatlarda badiiy va hujjatli filmlarni tasvirga olish ishlarini tashkil qilish bilan shug‘ullanib  kelaman. Ota yurtimiz O‘zbekiston oldidagi vijdoniy burchimni bajarish, aniqrog‘i, bu qutlug‘ zaminning ilmiy va maʼnaviy sarchashmalari haqida dasturlar tayyorlab, turk jamoatchiligiga yetkazishni doim orzu qilganman. O‘zbekiston Prezidentining yaqinda qabul qilgan tashabbuslari bilan ilgari surilgan «Tabarruk ziyorat» turizm konsepsiyasi bizning ko‘p yillik orzu-umidlarimizni o‘zida mujassam etgani ayni haqiqat. Biz turk ijodkorlari «Tabarruk ziyorat» g‘oyasi ostida O‘zbekistonning ko‘hna madaniyati va boy maʼnaviyatiga oid butun Turk dunyosi uchun qadrli bo‘lgan hujjatli filmlar tayyorlashda hamkorlik qilishga tayyormiz”, dedi loyiha hamkorlaridan biri - TRT Avaz telekanalining prodyuseri Jo‘shkun Og‘uz Namli.

Qayd etish joizki, mazkur loyiha mamlakatimizning ziyorat turizmi imkoniyatlarini, “Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasining maqsad va vaziflarini turk jamoatchiligiga yetkazishda muhim vosita bo‘ladi.

Mavzuga oid

Hindiston kompaniyalari O‘zbekiston hudu...

Mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasida hamkor mamlakatning “Ishan Group” hamda “Fibr...

Aziz Abduhakimov: O‘zbekiston xalqining...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A...

O‘zbekiston Samarqand shahri nomzodini 2...

Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvili tashabbusi bilan Madri...

So`nggi yangiliklar