Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Fevral/2023   Jamiyat

O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi daniyalik ekspertlar ishtirokida tahlil etildi

TOSHKENT, 2 fevral. /“Dunyo” AA/. «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan Daniyaning Kopengagen konsensus markazi bilan hamkorlikda milliy strategik hujjatlarni davriy ravishda ekspertlik tahlilidan o‘tkazib borish va baholash bo‘yicha ilg‘or xorijiy amaliyotni o‘rganish hamda tajriba almashishga bag‘ishlangan gidrib shakldagi davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Markazning axborot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, 2022 yil noyabr oyida «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ekspertlarining Shvetsiyaga safari asnosida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kelgusida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga kelishib olingan edi. Mazkur tadbir Stokgolmdagi muloqotning amaliy natijasi bo‘ldi.  

Ikki mamlakat «aql markaz»larining ekspertlari ishtirok etgan ushbu  tadbirda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ishtirokchilarni 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati hamda uning doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishtirdi.  

Kopengagen konsensus markazi direktori Byorn Lomborg O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan Taraqqiyot strategiyasi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.  

–Taraqqiyot strategiyasi kabi o‘rta va uzoq muddatli strategik milliy hujjatlarni davriy ravishda ekspertlar tahlilidan o‘tkazib borish mazkur yo‘nalishda safarbar qilinayotgan moddiy hamda mehnat resurslaridan oqilona foydalanish hamda yuqori natijalarga erishish imkonini beradi, -– dedi ekspert.  –Xususan, bizning markaz Osiyo va Afrika mamlakatlarida, jumladan, Indoneziya, Togo, Uganda, Malavi kabi davlatlarning milliy strategiyalar va Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha amaliy ishlarini baholagan va ekspertlik tahlilidan o‘tkazgan. Taʼkidlash joizki, hozirgi kunda Markaz ekspertlari tomonidan Hindistonning milliy strategiyasi baholash jarayonidan o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, tadbir doirasida «Taraqqiyot  strategiyasi» markazi va Kopengagen konsensus markazi  o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolandi.  

Tadbir yakunida tomonlar qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish, milliy strategiyalar bilan bog‘liq turli ilmiy, uslubiy va tahliliy materiallarni tayyorlash va o‘zaro tajriba almashishga kelishib oldi.  

Mavzuga oid

Yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan ta...

O‘zbekiston Prezidentining «Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillash...

«El-yurt umidi» jamg‘armasi 300 o‘rin uc...

«El-yurt umidi» jamg‘armasi matematika, kimyo, biologiya va geologiya fanlari yo‘nalishlar...

“Toshkent-Urganch-Aktau” yo‘nalishida ya...

«Uzbekistan Airways» AJ tomonidan “Toshkent-Urganch-Aktau-Urganch-Toshkent” yo‘nalishida n...

So`nggi yangiliklar