Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Sentabr/2022   Ta'lim

O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchilari Prezident maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

TOSHKENT, 21-sentabr. /“Dunyo” AA/.  O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari kecha Toshkent shahridagi Prezident maktabi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Prezident taʼlim muassasalari agentligi ko‘magida tashkil etilgan uchrashuvlarda mamlakatimizning Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Qozog‘iston va Turkiyadagi elchilari, shuningdek, Belarusdagi  elchixonasi maslahatchisi qatnashdi.

Taʼkidlash joizki, davlatimiz rahbarining  «Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida» farmonida Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarida O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari vakillari ishtirokida maxsus tadbirlar, madaniyat kunlari, maʼruzalar, uchrashuv va mahorat darslarini tashkil etish belgilangan.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu maktablarda taʼlim olayotgan o‘quvchilar mamlakatimizni yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarish jarayonida faol ishtirok etadigan yangi avlod kadrlari taʼlim olmoqda. Bugungi kunda ana shunday yuksak salohiyatli kadrlarni tarbiyalash maqsadida yurtimizning har bir hududida bittadan yangi tipdagi taʼlim muassasasi - Prezident maktablari tashkil etilgan.

Tadbirlarda diplomatik vakolatxonalar rahbarlari O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar, diplomatik vakolatxonalar faoliyati, diplomatlar uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar va boshqa mavzularda o‘quvchilarga so‘zlab berdi.  

O‘zbek diplomatlari yoshlarni Prezident maktablarida yaratilgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanib, kelgusida davlatimiz rahbari va xalqimiz ishonchini qozonish uchun bor kuch-g‘ayratini ishga solishga, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chaqirdi.

Ochiq va taassurotlarga boy o‘tgan uchrashuvlar chog‘ida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga diplomatlardan javob oldi.

Mavzuga oid

Germaniya kompaniyasi O‘zbekiston hududi...

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi tarkibida Germaniyaga safar qilgan mamlakatimiz innov...

Samarqand davlat universiteti va Boku da...

O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixona tomonidan Samarqand davlat universiteti (SamDU) v...

Parijda Fransiya-O‘zbekiston universitet...

Parij shahrida Fransiya-O‘zbekiston universitetlari II forumi o‘tayotir

So`nggi yangiliklar