Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Yanvar/2022   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekistonning yoshlarga oid siyosati Pekinda taqdim etildi

PЕKIN, 9-yanvar. /«Dunyo» AA/. Xitoyning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan Pekinda «Yoshlar o‘rtasida do‘stlik almashuvlari tarixi» deb nomlangan forum tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. 


O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi ma’lumotiga qaraganda, Umumxitoy yoshlar federatsiyasi va Markaziy Osiyo mamlakatlarining yoshlar tashkilotlari bilan birga  o‘zbek diplomatlari ham ushbu anjumanda ishtirok etdi. 

Mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va bu soha O‘zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi xususidagi ma’lumotlar forum qatnashchilarining e’tiboriga havola etildi. Ta’kidlanganidek, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha mustahkam huquqiy zamin yaratilgan. Voyaga yetayotgan avlodni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, yoshlar bandligi hamda yoshlar tadbirkorligining ta’minlanishi bilan bog‘liq masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan qator dasturlar hayotga izchillik bilan tadbiq etilmoqda. 

Umumxitoy yoshlar federatsiyasi va XXR Tashqi ishlar vazirligi vakillari o‘z chiqishlarida O‘zbekiston va Xitoy xalqlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga kuchli turtki berayotgan ikki mamlakat yoshlari o‘rniga yuqori baho berdi. Xususan, O‘zbekiston va XXRning yetakchi oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi sheriklik aloqalari mustahkamlanmoqda. Talabalar almashuvlari amalga oshirilmoqda, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha konferensiya va seminarlar o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, o‘zbek yoshlarining minglab vakillari Xitoy universitetlarida talab juda yuqori bo‘lgan soha va yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olmoqda. 

Anjumanda so‘zga chiqqan O‘zbekiston vakili Asilbek Xonxo‘jayev Xitoyning «Alibaba Group» kompaniyasidagi ish faoliyati va o‘zi orttirayotgan tajribani tadbir qatnashchilari bilan o‘rtoqlashgani yuqoridagi fikrlarning tasdig‘idir.

Mavzuga oid

Toshkent va Islomobod o‘rtasida charter ...

O‘zbekiston elchixonasi Pokistonning «Serene Air» aviakompaniyasining tijorat ishlari bo‘y...

Vladivostok shahrida Navro‘z umumxalq ba...

Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi, diasporal tashkilot va faol vat...

O‘zbekiston elchisi: “GSP+” maqomini oli...

Kecha O‘zbekiston elchisi Dilyor Hakimov Bryussel press-klubida «O‘zbekistonning “GSP+” be...

So`nggi yangiliklar