Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Aprel/2021   Madaniyat

“O‘zbekkino” Qozog‘iston elchixonasi bilan hamkorlik qiladi


TOSHKЕNT, 1 aprel. /«Dunyo» AA/. Bugun “O‘zbekkino” Milliy agentligida rejissyor Hilol Nasimov tomonidan suratga olingan “Meros” badiiy filmi Qozog‘iston elchixonasi vakillari uchun maxsus namoyish  etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri agentlik ma’lumotiga tayanib.

Namoyishdan so‘ng Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Satibaldi  Darxan Agentlik bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, bosh direktorning birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev va film postanovkachi rejissyori Hilol Nasimov bilan suhbatlashdi.

Muloqotda qozog‘istonlik vakillarga “Meros” filmi juda ma’qul bo‘lgani, qardosh xalqlarning urf-odatlari va udumlari o‘ziga xos rakurslarda ko‘rsatilgani, frontdagi voqealarning ta’sirchanligi ta’kidlandi.

F.Abduxoliqov Qozog‘iston elchisiga “Meros” badiiy filmini O‘zbekistonda va Qozog‘istonda katta premeralarini birgalikda o‘tkazish taklifini berdi. Shuningdek, o‘zaro hamkorlikka oid memorandum imzolash, uning doirasida sentabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida qozog‘istonlik kino ustalari ishtirokini tashkil qilish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha fikr almashildi.

Mavzuga oid

Toshkentda har ikki yilda bir marta «Yev...

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining «Yevroosiyo» xalqaro teatr san’ati festivalini o‘tkazis...

Turkiyaning «Tiyatro» nashri O‘zbekiston...

Turkiyaning teatr sohasidagi eng nufuzli «Tiyatro» nashrining 2020 yil sentyabr sonida ta...

«Yangi O‘zbekiston va milliy kinematogra...

«Yangi O‘zbekiston va milliy kinematografiya» oyligi doirasida «O‘zbek milliy kino sanʼat...

So`nggi yangiliklar