Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Aprel/2021   Ilm-fan

“O‘zbekkosmos” Buyuk Britaniya kompaniyasi bilan uchuvchisiz aviatsiya navigatsiyasi sohasida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda


LONDON, 20-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi mamlakatimiz Vazirlar Mahkamasi huzuridagi kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (“O‘zbekkosmos”) bosh direktori Shuhrat Qodirov va Buyuk Britaniyaning «Altitude Angel» kompaniyasi prezidenti Richard Parker o‘rtasida muzokaralar tashkil qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda O‘zbekistonda «Raqamli O‘zbekiston 2030» strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, “O‘zbekkosmos” agentligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida maʼlumot taqdim etildi.

O‘z navbatida, Richard Parker «Altitude Angel» kompaniyasining uchuvchisiz aviatsiya navigatsiyasi sohasidagi faoliyati to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Britaniya kompaniyasi rahbariyati iqtisodiyotning turli tarmoqlari ehtiyojlari uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini keng joriy etilayotgani va bu yo‘nalishdagi boy tajribasidan kelib chiqqan holda “O‘zbekkosmos” bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikning keyingi amaliy bosqichlari bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Mavzuga oid

Xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovr...

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 52-Xalqaro ki...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 52-Xalqaro kimyo olimpiadasida uchta medalni qo‘lga kiritdi....

O‘zbekiston va Yaponiya ilm-fan va innov...

O‘zbekiston elchixonasi vakillari Yaponiya fan va texnologiyalar agentligining xalqaro alo...

So`nggi yangiliklar