12/Mart/2020 Iqtisodiyot
TOSHKENT, 12-mart. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizda «Natural Gas-Stream» tomonidan «Sechanko‘l», «Oqjar» va «Chimboy» investitsion bloklarida geologik qidiruv ishlarini olib borish hamda «Urga», «Oqchaloq» va «Chandir» guruhi konlarida qazishma investitsion loyihalari amalga oshirilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Hozirgi kunga qadar loyiha doirasida 25 ta quduqda burg‘ulash ishlari yakuniga yetkazildi, 600 kilometr kvadrat maydonda 3D seysmik qidiruv ishlari o‘tkazildi.
Tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish maqsadida «Natural Gas-Stream» tomonidan 2 ta quduqda burg‘ulash, 6 ta quduqda yon stvolini kesish va 11 ta quduqda kapital ta’mirlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Uni amalga oshirish natijasida kunlik tabiiy gaz qazib chiqarishni 3,66 million metr kubdan 4 million metr kubgacha yetkazish rejalashtirilgan.