Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/May/2021   Sport

OFK: Osiyo Chempionlar ligasi “H” va “I” guruhi o‘yinlari O‘zbekistonda o‘tkaziladi


TOSHKENT, 10-may. /“Dunyo” AA/.  Osiyo futbol konfederatsiyasi Osiyo Chempionlar ligasining “H” va “I” guruhi o‘yinlari markazlashgan holda O‘zbekistonda o‘tkazilishini rasman eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

«Osiyo Chempionlar ligasi Sharq mintaqasining “H” va “I” guruhi o‘yinlarining mezbonligi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga topshirildi. Guruh bosqich o‘yinlari 25 iyun - 11 iyul kunlari qadar o‘tkaziladi», deyiladi OFK rasmiy sayti xabarida. 

Maʼlumot uchun, “H” guruhidan «Gamba Osaka» (Yaponiya), «Chonbuk Motors» (Janubiy Koreya), “Sidney” (Avstraliya) va «Tampins Rovers» (Singapur) klublari joy olgan. “I” guruhidan esa Xitoyning «Beyszin Goan», Yaponiyaning «Kavasaki Frontale» va  Filipinning “Seres”  futbol klublari o‘rin olgan olgan.  Guruhning to‘rtinchi jamoasi nomi  Janubiy Koreyaning  “Degu” va Tailandning  «Chiangray Yunayted» futbol klublari o‘rtasida 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan  pley-off o‘yinidan keyin maʼlum bo‘ladi.

OFK maʼlumotiga ko‘ra, Sharq mintaqasining qolgan “F”, “G” va “J” guruhlari o‘yinlariga Tailand mezbonlik qiladi.

Osiyo Chempionlar ligasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan “Paxtakor” va AKMK klublari BAA va Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan guruh bosqichi o‘yinlarida qoniqarsiz natija qayd etib, keyingi bosqichga chiqolmadi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston vakillari Gran Prix Zagreb O...

Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha mavsumning ilk rasmiy musoba...

O‘zbekiston bokschi qizlari qitʼa chempi...

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, BAAning Dubay shahrida boks bo‘yi...

Ertaga yilning eng yirik sport musobaqas...

Ertaga, 6 dekabr kuni II Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tadi

So`nggi yangiliklar