Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Avgust/2022   Sayyohlik

Oilaviy mehmon uylari faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan kichik tadbirkorlik subyektlariga uch yilgacha muddatga kompensatsiya beriladi

TOSHKENT, 8-avgust. /“Dunyo” AA/.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Turizm sohasi subyektlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yana-da yaxshilash munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2022 yil 26 iyulda  qabul qilingan  qarori asosida oilaviy mehmon uylari faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan kichik tadbirkorlik subyektlariga qator imtiyozlar berilmoqda, deb xabar qiladi “Dunyo” AA muxbiri.


Ularga tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratiladigan, umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlar bo‘yicha ularning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya beriladi. Kompensatsiya Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladi.

Shuningdek, endilikda turistik axborot markazlarini chegara o‘tkazish punktlarida ham barpo etish mumkin. Ular O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida bepul joylashtiriladi.

Qabul qilingan qarorga muvofiq, o‘tovli va chodirli oromgohlar xizmatlarini sertifikatlashtirish soddalashtirilgan holda, oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlarni o‘rganish dalolatnomasi asosida ularni Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Maʼlumki, bugungi kunda investorlarga yangi qurilgan mehmonxonasi 3 yulduzli toifaga va 50 ta xonadan kam bo‘lmagan xonalar fondiga ega yoki 4 yulduzli toifaga va 100 ta xonadan kam bo‘lmagan xonalar fondiga ega bo‘lganda subsidiya ajratiladi. Qarorda “yangi qurilgan mehmonxona” tushunchasi mustahkamlangan bo‘lib, unga muvofiq tasdiqlangan loyiha asosida kapital bino va inshoot sifatida qurilgan yoki oxirgi o‘n yilda mehmonxona fondida mavjud bo‘lmagan holda qayta qurilgan mehmonxona yangi qurilgan mehmonxona hisoblanadi. Shuningdek, qurilish jarayonida o‘zgartirilgan loyiha bo‘yicha (mehmonxonani rekonstruksiya va (yoki) renovatsiya qilish bundan mustasno) joylashtirish vositasi sifatida qurilib, yangidan ishga tushirilgan obyekt ham yangi qurilgan mehmonxona sifatida qayd etiladi.

Mavzuga oid

Buxoro turizm texnikumi Fransiyaning Rua...

Buxoro viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti rahbariyati Fransiyaning Ruan univers...

Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti ...

Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti turizm sohasi vakillari ishchi guruhining 16-yig‘i...

O‘zbekiston Samarqand shahri nomzodini 2...

Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvili tashabbusi bilan Madri...

So`nggi yangiliklar