Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Avgust/2020   Sport

Oksana Chusovitina – Mustaqil O‘zbekistonning so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi sportchisi


TOSHKENT, 24-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Mustaqilligimizning 29 yilligi munosabati bilan O‘zbekistonning so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi sportchisini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov natijalari eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unga ko‘ra, 20-24- avgust kunlari o‘tkazilgan tanlovda 2011-2020 yillardagi eng yaxshi 5 nafar sportchimiz nomi ovozga qo‘yildi. Jarayonda 100 mingga yaqin hamyurtimiz ishtirok etdi. Ular orasida afsonaviy Oksana Chusovitina 35 ming 639 ovoz (36%) to‘plab, birinchi o‘rinni egalladi. Bir necha kun davom etgan tanlovda professional boks bo‘yicha WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev esa 29 ming 176 ovoz (29%) bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

Batafsil:

1. Oksana Chusovitina – 35 ming 639 ovoz (36%)

2. Murodjon Ahmadaliyev – 29 ming 176 ovoz (29%)

3. Ruslan Nuriddinov –15 ming 842 ovoz (16%)

4. Rishod Sobirov – 11 ming 494 ovoz (11%)

5. Shahobiddin Zoirov – 7 ming 760 ovoz (8%)

Maʼlumot uchun, Oksana Chusovitina 1975- yil 19- iyun kuni Buxoro shahrida tug‘ilgan. Jahonda sport gimnastikasi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida eng ko‘p ishtirok etgan sportchi (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016).

1992-yil Barselonada o‘tgan Olimpiya o‘yinlari oltin medali sohibi, tayanib sakrash yo‘nalishi bo‘yicha 9 karra jahon chempionati sovrindori.

Tayanib sakrash, erkin mashq va parallel to‘sinlarda bir necha murakkab elementlar muallifi. Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempionati g‘olibi, faoliyatini yakunlamasdan turib Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish bo‘yicha (sport gimnastikasida) Xalqaro gimnastika shon-sharaf zali va «Ginnesning rekordlari» kitobiga o‘z nomini yozdirib qo‘ygan.

2019-yil Germaniyaning Shtutgart shahrida o‘tkazilgan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionatidagi ishtiroki orqali Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi. Tokio Olimpiadasi Chusovitina uchun faoliyatidagi sakkizinchi Olimpiada bo‘ladi.

Oksana Chusovitinaning yurtimiz sporti rivojiga qo‘shgan hissasi hukumatimiz tomonidan yuksak baholanib, u davlatimiz tomonidan “Do‘stlik”, «Mehnat shuhrati», «El-yurt hurmati» ordenlari, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» va «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.

Mavzuga oid

Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqic...

Kecha Shveysariyaning Jeneva shahrida Yevropa Chempionlar ligasining 2020/21-yilgi mavsumi...

Turkiy Kengash bosh kotibi Turkiya Super...

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezident Ravshan Ermatov kecha Turkiy t...

O‘zbekistonda xususiy professional futbo...

Xususiy futbol maktablari va xususiy professional futbol maktablari tashkil etiladi.

So`nggi yangiliklar