Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Oktabr/2020   Siyosat

Olga Algayerova: Markaziy Osiyoda integratsiya jarayonlari avj olishida O‘zbekistonning o‘rni beqiyos


TOSHKENT, 30-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyevaning Jenevaga tashrifi doirasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YEIK) ijro etuvchi kotibi O.Algayerova, shuningdek, Jenevadagi BMT bo‘linmasi va Shveysariyadagi boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Efiopiya doimiy vakili, elchi Z.Korcho bilan uchrashuvlari tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

YEIK ijro etuvchi kotibi Olga Algayerova bilan uchrashuvda u O‘zbekiston Respublikasi BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga saylangani bilan tabriklar ekan, bu voqea O‘zbekiston muvaffaqiyatli tashqi siyosat olib borayotganidan, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tgan to‘rt yilda mamlakat katta yutuqlarga erishganidan dalolat berishini taʼkidladi.

So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoning ahamiyati tobora ortib borayotgani, Markaziy Osiyoda integratsiya jarayonlari avj olishida O‘zbekiston o‘rni beqiyos ekani taʼkidlandi.

«O‘zbekistonning ochiq siyosati tufayli mintaqaviy hamkorlik rivojlanmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT shafeligida Transport va kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy markaz tashkil etish tashabbusi YEIK mamlakatlari uchun muhim ahamiyatga ega. Mazkur markazni tashkil etishda Komissiya o‘z ekspertlari bilan yordam ko‘rsatishga tayyor, – dedi O.Algayerova.

YEIK O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni diqqat bilan kuzatib borishi hamda transport va logistika, uy-joy qurilishi, transchegaraviy suv resurslari masalalari, xalqaro savdo, ekologiya va atrof muhit, davlat-xususiy sheriklik kabi keng qamrovli sohalarni qamrab oladigan bugungi ikki tomonlama hamkorlikni ijobiy baholashi taʼkidlandi.

Olga Algayerova o‘tkazilgan tadbirlarni, jumladan, Ekologik siyosat qo‘mitasining 25-sessiyasi doirasida (Jeneva, 2019 yil 13-15 noyabr) O‘zbekiston ekologik faoliyati samaradorligi Uchinchi sharhi tasdiqlanganini tilga oldi.

Uni amalga oshirish doirasida O‘zbekistonga YEIKning «Shaharlardagi daraxtlar» tashabbusida hududlardagi shaharlarda daraxt ekish bo‘yicha faol ishtirok etish taklif etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining «Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar» Milliy sharhini tayyorlash bo‘yicha boshlangan hamkorlikdagi ishlar to‘g‘risida axborot berildi.

O‘zbekistonning YEIK faoliyatidagi faol rolini hisobga olib, O.Algayerova BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti bo‘yicha maxsus dasturi (SPEKA) Boshqaruv qo‘mitasining navbatdagi majlisini va Iqtisodiy forumni 2021 yilning kuzida O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risida Komissiya taklifini maʼlum qildi.

Muloqot davomida SPEKA maqsadli jamg‘armasini taʼsis etish masalasi ham ko‘tarildi. Uning tashkil etilishi, O.Algayerovaning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari hududida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun zarurdir.

YEIK ijro etuvchi kotibi Komissiyaning «YEIK mintaqasida ko‘p aylanmali iqtisodiyotni va tabiiy resurslardan barqaror foydalanishni targ‘ib qilish» mavzusida 2021 yil 20-21 aprel kunlari Jenevada bo‘lib o‘tadigan yillik 69-sessiyasida O‘zbekistonni ishtirok etishga taklif qildi. Uning dasturiga YEIK bo‘lajak mintaqasining konseptual manzarasini ishlab chiqish, iqtisodiy integratsiya va hamkorlik orqali 2030 yilgacha barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibini amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqish kiritiladi.

Jenevadagi BMT bo‘linmasi va Shveysariyadagi boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Efiopiya doimiy vakili Zinebe Korcho O‘zbekistonni BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga saylangani bilan tabrikladi.

Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Efiopiya vakili parlamentlararo aloqalarning mustahkamlanishi davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish va ikki mamlakat xalqlari farovonligini oshirishga xizmat qilishini taʼkidladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari o‘ri...

Bugun O‘zbekiston va XXR tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarn...

Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand veb-f...

O‘zbekiston Respublikasining BMT huzuridagi doimiy vakolatxonasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy ...

BMT bilan hamkorlik masalalari muhokama ...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ...

So`nggi yangiliklar