Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Sentabr/2021   Ilm-fan

Oliy diplomatiya maktabining “Strategik menejment va xalqaro biznes” magistratura yo‘nalishiga talabalar qabul qilish davom etmoqda


TOSHKЕNT, 11-sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Oliy diplomatiya maktabida MBA (Master of Business Administration) dasturi bo‘yicha eng dolzarb va ko‘p talab qilinadigan “Strategik menejment va xalqaro biznes” magistratura yo‘nalishiga talabalar qabul qilish davom etmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bu noyob kurslarda ishtirok etish - biznes ma’muriyati yo‘nalishida ilmiy darajaga ega bo‘lish uchun istiqbolli imkoniyatdir. Ularda dunyo siyosatining xalqaro tadbirkorlikdagi o‘rni va ta’siri masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Bugungi kunda muhim strategik qarorlar qabul qilayotganda nafaqat tijorat manfaatlari, balki zamonaviy dunyodagi siyosiy omillar va trendlarni ham inobatga olish kerak. Shuning uchun ham to‘g‘ri va samarali biznes modelni yaratish uchun amaliy bilimga ega bo‘lish bilan bir qatorda o‘quv dasturiga quyidagi bir-birini o‘zaro to‘ldirib turuvchi fanlar ham kiritilgan:

- Siyosatshunoslik;

- Xalqaro biznesda bozorga bog‘liq bo‘lmagan muammolar;

- Korporativ boshqaruvning zamonaviy voqeliklari;

- Boshqaruvning korporativ texnologiyalari;

- Moliyaviy va investitsion bozorlar;

- Marketing, brending va biznes tahlili;

- Raqamli iqtisodiyot;

- Axborot tizimlarini tashkil etish va boshqarish;

- HR-menejment va boshqa ko‘plab fanlar.

Ta’kidlab o‘tish joizki, tadbirkorlik faoliyatida biznes siyosatni rivojlantirishga qaratilgan kompleks yondashuv va modullarda jamlangan bilimlarning yuqori sifati samarasida Oliy diplomatiya maktabining MVA dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim yo‘nalishidagi  Davlat ta’lim standartlarining oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritilgan birinchi rasmiy yo‘nalish hisoblanadi.

O‘quv dasturi xalqaro bozorlar va biznes boshqaruvining ilg‘or tadqiqot usullariga asoslanib tuzilgan. Kursni yakunlagach, barcha bitiruvchilar Miqdoriy usullar (Quantitative Methods), Muammoli vaziyatlarni hal qilish (Situation & Problem solving), Ma’lumotlarni tahlil qilish (Data interpretation), Tahliliy yozuv (Analytical writing) va boshqa professional vositalarni erkin o‘zlashtirib oladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

- bakalavr darajasi yoki unga tenglashtirilgan daraja;

- kamida 2 yillik ish tajribasi;

- ingliz yoki boshqa chet tilini o‘zlashtirganlik darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat: IELTS - har bir komponent uchun 6 balldan kam bo‘lmagan natija; TOEFL - natija kamida 80 iBT bo‘lishi kerak;

- xalqaro GMAT sinovidan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikat (COVID-19 virusining tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etilgan cheklovlar sababli, shuningdek, boshqa tanlov mezonlari bo‘yicha yaxshi natijalarga erishilgan bo‘lsa, 2021-2023-o‘quv yillarining kuzgi semestriga GMAT sertifikati taqdim qilinishi majburiy emas).

MBA dasturiga qabul qilish jarayoni ikki bosqichdan iborat:

1) Quyidagi hujjatlarni odm@uwed.uz elektron pochta manziliga yuborish lozim:

- rezyume (CV);

- bakalavr diplomining nusxasi;

- tavsiyanoma (kamida 2 ta - ish beruvchidan yoki oldingi ish/o‘qish joyidan);

- ingliz tilini egallaganlik  to‘g‘risidagi xalqaro sertifikat (IELTS yoki TOEFL), GMAT xalqaro testi natijalari (agar mavjud bo‘lsa);

- motivatsion insho.

2) Suhbat: qabul komissiyasi hujjatlarni ko‘rib chiqib, nomzod bilan suhbat kunini belgilaydi.

O‘qish muddati – ikki yil, 2021-yil sentyabr oyidan 2023-yil iyul oyigacha (ishlab chiqarishdan ajralmagan holda va yakuniy loyihani himoya qilish bilan).

2021-yil uchun o‘qish narxi – 39 900 000 so‘m.

Bitiruvchilar o‘qishni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng “Biznes boshqaruvi magistri” nufuzli diplomini qo‘lga kiritadi.

Hujjatlar 25-sentyabrgacha qabul qilinadi.

Telefon: (+ 998) 91 443−45−67

Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shohko‘chasi, 54-uy.

 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid

«PISA» va «PIRLS» tadqiqotlarini o‘tkazi...

O‘quvchilarni baholash xalqaro PISA va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonl...

O‘zbek akademigining mehnat munosabatlar...

Ana shu jarayonlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, ularda bevosita ishtirok etib, boshqalardan k...

Pokistonda “O‘zbek tilining izohli lug‘a...

O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi Zamonaviy tillar milliy universitetida yangidan n...

So`nggi yangiliklar