Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/May/2021   Parlament

Oliy Majlis a’zolari Osiyo parlamentlararo maslahat kengashining uchinchi majlisida ishtirok etdi


TOSHKENT, 13-may. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi Boriy Alixonov kecha videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan suv resurslari bo‘yicha Osiyo parlamentlararo maslahat kengashining uchinchi majlisida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo AA” muxbiri.
Parlament yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda suv resurslari bo‘yicha Osiyo parlamentlararo maslahat kengashi a’zolari, Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi deputatlari, O‘zbekiston parlamenti a’zolari va soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Majlis davomida suvni isrof qilmaslik, suv resurslaridan oqilona foydalanish bilan bog‘liq muammolarning eng maqbul va asoslantirilgan yechimlarini izlash, chuchuk suvning ekologik, iqtisodiy va siyosiy qiymatini saqlab qolish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Ishtirokchilar iqlimning keskin o‘zgarib borishi, suv resurslarining yetishmasligi va ifloslanishi, ichimlik suvi sifatining pasayishi, yerlarning ifloslanishi va degradatsiyasi, biologik xilma-xillikning keskin pasayishi, aholi salomatligi va genofondining yomonlashishi va Orol dengizining qurishi kabi masalalarni muhokama qildi.
Majlis davomida suv resurslari bo‘yicha Osiyo parlamentlararo maslahat kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobotlar eshitildi.
Suv bilan bog‘liq muammolar jiddiyligini muhokama qilish, mamlakatlar o‘rtasida qonun hujjatlari almashish, ularning Osiyo parlamentlararo maslahat kengashi faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga muvofiqligini muhokama qilish orqali Osiyoda suv resurslarini boshqarish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Mavzuga oid

Respublika kengashi: Joriy yilning o‘tga...

Kecha Xalqaro reytinglar va indekslar bilan ishlash bo‘yicha Respublika kengashining navba...

O‘zbekiston gender tenglik tajribasi «Ay...

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva kecha «Ayol va fan: gender jihatlari» mavzusida...

MDH PAning 2022 yildagi majlisi O‘zbekis...

O‘zbekiston parlamenti yuqori palatasi rahbari Tanzila Norboyeva MDHga a’zo davlatlar Parl...

So`nggi yangiliklar