Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/May/2022   Parlament

Oliy Majlis Palatalarida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha komissiya tuzildi

TOSHKENT, 20 may. “Dunyo” AA/. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Kengashi va Qonunchilik palatasi Kengashining qo‘shma majlisida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish buyicha komissiya tuzildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri


 Parlament quyi palatasi maʼlumotiga ko‘ra, majlisda so‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etish, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash hamda mavjud muammolarni hal etishga xizmat qiluvchi, yangi qonunlarni ishlab chiqish va amaldagilarga zamon talablariga mos ravishda qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar O‘zbekiston Konstitutsiyasini jamiyatdagi bugungi real voqelikka moslashtirishni taqozo etayotgani alohida aytib o‘tildi.

Bosh qomusimizdagi o‘zgarishlar «Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat» tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yana-da yuksaltirish, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz taʼminlashga qaratilgan islohotlarni izchil davom ettirish uchun mustahkam poydevordir.

Yig‘ilishda Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilib, uning tarkibi va vazifalari belgilandi.

Komissiyaga Oliy Majlis Qonunuchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov boshchilik qiladi. Shuningdek, Komissiya tarkibiga jamiyatimizning turli qatlamlaridan, xususan, deputatlar, senatorlar, barcha hududlardan vakillar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, yetuk huquqshunos, siyosatshunos va boshqa ekspertlar kiritildi.

Komissiyaga o‘z faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, aholining barcha qatlamlaridan Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni olish borasidagi vazifalar qo‘yildi.

 

 

Mavzuga oid

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat...

Shu kunlarda Parlamentlararo Ittifoqning «Pandemiyani bugungi kunda yengib o‘tish va ertan...

O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Iqlim o‘zg...

Oliy Majlis Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mit...

Oliy Majlis Senati raisi AQSH Vakillar p...

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva kecha AQSH Vakillar palatasining Xalqaro ishlar...

So`nggi yangiliklar