Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Dekabr/2020   Siyosat

Oliy Majlis quyi palatasida o‘tkazilgan anjumanda parlament diplomatiyasi va xalqaro hamkorlik istiqbollari bo‘yicha fikr almashildi

TOSHKENT, 24-dekabr. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Yangi O‘zbekiston — yangicha dunyoqarash: parlamentda xalqaro hamkorlik istiqbollari» mavzusida videokonferensiya o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov boshqardi.

Qayd etilganidek, hozirgi vaqtda Oliy Majlis palatalari BMT, YEXHT, SHHT kabi nufuzli xalqaro hamda qator xorijiy davlatlar tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Milliy miqyosda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va inson huquqlarini himoya qilishda samarali mexanizmlarni parlament amaliyotiga joriy qilib borish deputatlar faoliyatining diqqat markazidagi masalalarga aylangan va bunda quyi palataning xalqaro hamkorligi sezilarli darajada kengaygan.

Oliy Majlis qisqa vaqt ichida Parlamentlararo Ittifoq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Parlamentlararo assambleyasi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo assambleyasi kabi qator nufuzli xalqaro parlamentlararo tuzilmalarning faol va tashabbuskor ishtirokchisiga aylangan, dunyoning 48 ta davlatlari parlamentlari va Yevropa Ittifoqi parlamenti bilan o‘zaro ikki tomonlama aloqalarni o‘rnatgan. Bu aloqalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida diplomatik vakolatxonalar ko‘mak berib kelmoqda.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasining parlament diplomatiyasi konsepsiyasi qabul qilinganligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib, ushbu mexanizmni kelgusida samarali qo‘llash va yana-da rivojlantirish istiqbollariga oid fikrlar bildirildi.

Taʼkidlab o‘tilganidek, mazkur Konsepsiyada parlament diplomatiyasining maqsadi, vazifalari va prinsiplari, shuningdek, O‘zbekistonda parlament diplomatiyasining shakllanishiga taʼsir ko‘rsatuvchi asosiy omillar, uni amalga oshirish mexanizmlar aks ettirilgan. Parlament diplomatiyasi xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarning huquqiy poydevorini yaratishda, milliy qonunchilikni xalqaro hamkorlik talab-tamoyillari bilan uyg‘unlashtirishda muhim rol o‘ynaydi.

So‘zga chiqqanlar mamlakatimiz Konstitutsiyasidagi asosiy tamoyillarni o‘zida mujassam etgan parlament diplomatiyasi dunyo mamlakatlari orasida o‘zaro ishonch va hamjihatlikni shakllantirishda muhim o‘rin tutishini, muammolarni hal qilish, mojarolarning oldini olish, xalqaro hamkorlikning xuquqiy asoslarini shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Videokonferensiya yakunida parlamentning xalqaro hamkorligini rivojlantirish yo‘lida erishilgan natijalar, uning istiqbollari bo‘yicha fikr va mulohazalar bildirilib, kelgusi yillarda muvaffaqiyatli hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston – Tailand diplomatik aloqala...

6-may – O‘zbekiston Respublikasi bilan Tailand Qirolligi o‘rtasida diplomatiya munosabatla...

O‘zbekiston va Tojikiston tashqi ishlar...

Bugun Dushanbe shahrida O‘zbekiston va Tojikiston tashqi ishlar vazirlari Abdulaziz Komilo...

So`nggi yangiliklar