Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Sentabr/2022   Parlament

Oliy Majlis Senati qo‘mitasida mahalliy Kengashlarning tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha faoliyati tahlil qilindi

TOSHKENT, 30 sentyabr. /“Dunyo” AA/.  Kecha Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi tomonidan Investitsiyalar va tashqi savdo hamda Tashqi ishlar vazirliklari hamkorligida Xalq deputatlari mahalliy kengashlarning kotibiyat mudirlari va mutasaddi doimiy komissiyalari raislari va aʼzolari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra,  seminarda mutasaddi vazirliklar, mahaliy kengash deputatlari tomonidan hududlarda tashqi iqtisodiy aloqalar samaradorligini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish faoliyatiga aloqador, keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan masalalar yuzasidan tanqidlarga tezkorlik bilan munosabat berish amaliyoti hamda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari bo‘yicha zarur bo‘lgan nazariy asoslar va amaliy ko‘nikmalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Bundan tashqari, tadbirda mamlakatimizning ayrim hududlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar kamligi, ishlab chiqarish jarayonlariga ilg‘or eksportbob texnologiyalar yetarlicha joriy etilmayotganligi, ularga to‘sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida so‘z  bordi.

Jumladan, deputatlar va tadbirkorlar o‘rtasida yaqindan doimiy muloqot qilish platformasi muntazam ishlamayotgani, bunda doimiy komissiyalar majlislari va kengashlar sessiyalarida loyihalar hamda tegishli dozarb muammolar faol muhokama qilinmayotganligi tanqid qilindi.

Ochiq va qizg‘in muhokama davomida mahalliy Kengash deputatlari tomonidan dolzarb va amaliy fikr-mulohazalar bildirildi.

Xususan, eksport jarayonlari natijadorligini oshirish va pirovardida yangi ish joylarini yaratish, aholi daromadlarini oshirishga karatilgan tizimli chora-tadbirlarni ko‘rish, xorijiy hamkorlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish zarurligiga alohida urg‘u berildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Senati raisi va Qirg‘iziston...

O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva kecha Qirg‘iziston Jogorku Keneshi ...

Senat qo‘mitasi: Davlat xaridlari doiras...

2019-2021 yillarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan yuklatilgan vazifalar...

Senat raisi BMTning yangi doimiy muvofi...

Kecha Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlas...

So`nggi yangiliklar