Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/May/2021   Parlament

Oliy Majlis Senati raisi va Indoneziya parlamenti vitse-spikeri O‘zbekiston-Indoneziya hamkorligini yana-da chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildilar


TOSHKENT, 17-may. /“Dunyo” AA/.  O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva bugun Indoneziya parlamenti Vakillar palatasi spikerining sanoat va taraqqiyot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rahmat Gobel bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, so‘nggi to‘rt yilda O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida barcha sohalarda, jumladan, parlamentlar o‘rtasida hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi.

Indoneziya parlamenti vitse-spikeri O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. «Biz O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida tarixiy yodgorliklarni saqlash va islom dinini hamda boy madaniy merosni o‘rganish bo‘yicha ulkan ishlar olib borilayotganiga guvoh bo‘ldik», - dedi Rahmat Gobel.

Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning foydalanilmagan katta salohiyatini alohida qayd etdi. Ikki mamlakat uchun ustuvor bo‘lgan yo‘nalishlarda aniq qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali samarali hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Indoneziya hukumatlararo komissiyasi faoliyati samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

To‘qimachilik, kimyo sanoati, farmatsevtika, turizm, madaniyat, taʼlim, gender tenglik va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish xususida fikr almashildi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yana-da kengaytirishdan, shu jumladan taʼlim loyihalarini rag‘batlantirishdan va talabalar hamda o‘qituvchilar almashishdan, ikki mamlakat taʼlim muassasalarida o‘zbek va indonez tillarini o‘rganishdan, ilmiy-akademik faoliyat olib borishdan, tibbiyot, ziyorat turizmini rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Muloqot davomida, shuningdek, O‘zbekiston va Indoneziya parlamentlari palatalarining tegishli qo‘mitalari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish shubhasiz, ikki mamlakat xalqlari manfaatlari yo‘lida O‘zbekiston-Indoneziya hamkorligini yana-da chuqurlashtirishga xizmat qilishini taʼkidlandi.

Mavzuga oid

Aholining elektoral madaniyatini yuksalt...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashining «Aholining e...

Deputatlar O‘zbekiston rasmiy statistika...

Kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda xalq vaki...

O‘zbekiston parlament delegatsiyasi Poki...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchiligidagi d...

So`nggi yangiliklar