Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Oktabr/2021   Parlament

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Oksford islom tadqiqotlar markazi direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi


TOSHKЕNT, 26-oktabr. /Dunyo» AA/. Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev kecha yurtimizdagi muhim siyosiy jarayon — Prezident saylovida kuzatuvchi sifatida qatnashgan Oksford islom tadqiqotlar markazi direktori Farhan Nizomiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Farhan Nizomiy O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, jumladan, mamlakatimizda yuqori saviyada tashkil etilgan saylov jarayoniga yuksak baho berdi. U, shuningdek, keng ko‘lamli islohotlar ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Muloqotda saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar, joriy yilgi Prezident saylovi yangi Saylov kodeksi asosida o‘tkazilgani haqida ham ma’lumotlar berildi.

Siyosiy jarayonda yangi texnologiyalardan samarali foydalanilgani, imkoniyati cheklangan saylovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar qayd etildi.

Uchrashuvda diniy sohadagi o‘zgarishlar, Markaziy Osiyo buyuk olimlarining ilmiy merosini o‘rganish va ommalashtirish masalalari xususida ham fikr almashildi. 

Bundan tashqari, tomonlar xalqaro maydonda «ma’rifatli islom» g‘oyalarini targ‘ib qilish, Oksford markazi va O‘zbekistonning tegishli tadqiqot markazlari o‘rtasida ilmiy-tadqiqot yo‘nalishidagi hamkorlikni kuchaytirish va boshqa masalalarni ko‘rib chiqdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ...

Misrning “Al-xabar al-Yaum” gazetasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev faoliyati va...

UNHCR mintaqaviy byurosi direktori: O‘zb...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev BMT Qochoqlar...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisinin...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev kecha BMT Bos...

So`nggi yangiliklar