Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Iyun/2021   Parlament

Oliy Majlis Senatining o‘n oltinchi yalpi 25 iyun kuni chaqiriladi


TOSHKENT, 21-iyun. /“Dunyo” AA/. Kecha  O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasining maʼlum qilishicha, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshqargan majlisda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisini joriy yil 25 iyun kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi masalalar shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, «Rasmiy statistika to‘g‘risida»gi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi, «Sudlar to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi, «2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi, «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish tartibi yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlari muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Bekobod, Bo‘stonliq, Bo‘ka, Zangiota, Yuqori Chirchiq, Qibray, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yangiyo‘l tumanlari va Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyo‘l, Bekobod shaharlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Qolaversa, qon donorligi sohasini rivojlantirish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida, oqava suv tozalash inshootlarida vujudga kelayotgan muammo va kamchiliklarning atrof-muhit hamda aholi salomatligiga taʼsiri yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovlari yuborish haqidagi masalalar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarda nazarda tutilgan infratuzilmani yaratish, sanoatlashuv va innovatsiyalarga ko‘maklashish maqsadiga erishish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari va boshqa masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Oliy Majlis Senati hamda Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan mahallardagi holat, ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini taʼminlash va sohaga oid belgilangan chora-tadbirlarning ijro etilishi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari ko‘rib chiqilishi nazarda tutilmoqda.

Mavzuga oid

Ertaga Buxoroda Barqaror rivojlanish maq...

Ertaga Buxoroda O‘zbekiston hukumati, Oliy Majlis, BMT vakolatxonasi va boshqa qator xalq...

O‘zbekistonning AQSh va Xitoydagi diplom...

Kecha O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar,...

Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yal...

Bugun, Toshkent shahrida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisi o‘...

So`nggi yangiliklar