Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Sentabr/2020   Ilm-fan

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi QS xalqaro reyting agentligi bilan hamkorlik qiladi


TOSHKENT, 20 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytingga kirishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Quacquarelli Symonds (QS) kompaniyasi bilan 2020-2021 yillarda hamkorlik bo‘yicha strategik shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri vazirlik Matbuot xizmati ma’lumotiga asoslanib.

Imzolangan shartnomaga ko‘ra, vazirlik QS xalqaro reyting agentligi bilan O‘zbekistonda oliy ta’limning global raqobatbardoshligini oshirish, xalqaro akademik jamiyatida va dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingida mahalliy oliy ta’lim muassasalarining e’tirof etilishini ta’minlashda hamkorlik qiladi.

– O‘zbekiston oliy ta’limining nufuzini mustahkamlash va uning xalqaro miqyosda tan olinishini yanada oshirish - oldimizda turgan eng muhim masalalardan biri, – dedi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov shartnoma imzolash jarayonida. – Shu nuqtai nazardan, o‘z yo‘nalishida dunyoning yetakchilaridan hisoblangan QS kompaniyasi bilan hamkorligimiz uzoq muddatli strategik xarakterga ega bo‘lib, mamlakatimiz oliy ta’lim tizimi, shuningdek, alohida har bir oliy ta’lim muassasasi faoliyatini xalqaro mezonlarga moslashtirishga yordam beradi.

Vazirlik va xalqaro reyting agentligi o‘rtasidagi hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:

– O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari to‘g‘risida, ularning hozirgi holati va bibliometrik ko‘rsatkichlari, onlayn-muhitda faolligi haqidagi ma’lumotlarini qiyosiy tahlil qilish;

– Yetakchi oliy ta’lim muassasalari uchun xalqaro standartlarga muvofiq tadqiqotlar strategiyasini shakllantirish;

– Oliy ta’lim muassasalarining kompetensiya va salohiyatlari asosida yetakchi oliy ta’lim muassasalari uchun xalqaro kollaboratsiya strategiyalarini shakllantirish.

QS kompaniyasining Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Sergey Xristolyubovning qayd etishicha, kompaniya O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qilishdan manfaatdor va professional muloqotni rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratadi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston universitetlarining QS reytinglariga kirishi ularning Yevropa va Markaziy Osiyoda rivojlanayotgan mamlakatlar mintaqaviy reytingidagi mavqei oshishiga ham yordam beradi.

Mavzuga oid

Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ CBHE loyih...

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi maʼlumotida keltirilishicha, mazkur loyihalardan 6 t...

Toshkent davlat yuridik universitetida A...

Toshkent davlat yuridik universitetida 10 aprel soat 10:00 da AQShning Gonzaga universitet...

O‘zbekistonda TEAM universiteti tashkil ...

“TEAM universitetini tashkil etish to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

So`nggi yangiliklar