Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Sentabr/2022   Markaziy Osiyo

Olmaotada “Orolbo‘yi gavhari” ko‘rgazmasi ochildi

OLMAOTA, 26-sentabr. /“Dunyo” AA/. Kecha Qozog‘iston Markaziy davlat muzeyida qoraqalpoq xalqining boy tarixiy-madaniy merosini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan “Orolbo‘yi gavhari” sayyor ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda Qozog‘iston ilmiy va akademik doiralari vakillari, qoraqalpoq diasporasi faollaridan iborat vatandoshlar, talabalar, shuningdek, O‘zbekiston Bosh konsulligi xodimlari ishtirok etdilar.

Ko‘rgazmada Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarix va madaniyat davlat muzeyining 150 dan ortiq eksponatlari, jumladan, qoraqalpoq xalqi  tarixiga oid arxeologik va etnografik to‘plamlar,  milliy liboslar va zargarlik buyumlari namoyish etilmoqda.

Markaziy davlat muzeyi direktori Rashida Xaripova o‘z nutqida ushbu ko‘rgazma mintaqadagi qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va maʼnaviy aloqalarni yana-da mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlagani barobarida uning mazmun-mohiyatini yuqori baholadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarix va madaniyat davlat muzeyi direktori Ayjamal Yusupova muzey kolleksiyasini ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, O‘zbekiston hukumati tomonidan muzeyning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilayotgan eʼtibor haqida so‘zlab berdi.

Bosh konsul Abror Fatxullayev, o‘z navbatida, Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga, Markaziy davlat muzeyiga qozog‘istonliklarga qoraqalpoq xalqining madaniy merosi, boy tarixiy asarlar bilan tanishish imkonini beradigan ushbu ko‘rgazmani tashkil etishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi. Diplomat, shuningdek, ishtirokchilarga Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, xususan, O‘zbekiston Prezidentining «Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsiya texnologiyalari va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan ustuvor vazifalar haqida maʼlumot berdi.

Ko‘rgazma o‘z ishini 6 oktyabrga qadar davom ettiradi.

Mavzuga oid

BMTning iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi H...

Shotlandiyaning Glazgo shahrida Parij kelishuvini amalga oshirishning dastlabki natijalar...

O‘zbekiston - Turkmaniston: Asrlar sinov...

O‘zbekiston umumtarixiy ildizlar, yagona din, til, madaniyat, an’ana va urf-odatlar o‘xsha...

Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari yet...

Joriy yil 15 iyun kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo yetakchi ayollar muloqoti doirasid...

So`nggi yangiliklar