Uz / Ўз Ru En

Toshkent

14/Noyabr/2022   O‘zbekistonning TDTga raisligi

Olmaotadan munosabat: O‘zbekiston - umumiy jahon sivilizatsiyasi va turkiy dunyo uchun juda muhim mamlakat

OLMAOTA, 14-noyabr. /“Dunyo” AA/. Yevroosiyo tadqiqot instituti direktori, doktor Suat Beylur 11 noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) sammiti yakunlari haqidagi fikrlarini yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


– O‘zbekiston mushtarak jahon sivilizatsiyasi uchun ham, turkiy dunyo uchun ham juda muhim mamlakatdir. Tarix davomida bu hududda yetishib chiqqan olimlar bugungi jahon sivilizatsiyasining yaratilishiga muhim hissa qo‘shgan.

Samarqandda o‘tkazilgan TDT sammiti muhim voqealarga boy bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida 7 ta muhim masalaga eʼtibor qaratdi. O‘zbekiston yetakchisi, avvalo, Xalqaro Turkiy iqtisodiy forumni o‘tkazishni taklif qilib, tashkilotga aʼzo davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalari hozirgi imkoniyatlardan ortda qolayotganini qayd etdi.

 Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Kaspiy dengizi orqali o‘tuvchi «O‘rta yo‘lak» turkiy davlatlarning kun tartibidan uzoq vaqtdan buyon o‘rin olganini, ammo endi aniqroq qadamlar qo‘yish zarurligini taʼkidladi. Shu nuqtai nazardan, davlat rahbari turkiy davlatlar mushtarak hamkorlik ustida qanday ish olib borayotganini va bu amalga oshirilsa, «O‘rta yo‘lak»ning funksionalligi ortishini bildirdi.

Bundan tashqari, u davom etayotgan global oziq-ovqat inqirozi, atrof-muhit va terrorizm muammolariga to‘xtalar ekan, turkiy davlatlar o‘rtasida bu sohalarda yana-da samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligini taʼkidlashi barobarida Afg‘oniston masalasi Turkiy davlatlar tashkilotining kun tartibida borligini qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidenti ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lgan yoshlar va madaniy siyosatning muhimligiga ham eʼtibor qaratdi. O‘zbekiston 2019 yilda TDTga aʼzo bo‘lganiga qaramay, bu davrda mamlakat tashkilotni juda kuchli qo‘llab-quvvatlab, uning faoliyati ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Mavzuga oid

Turkiy davlatlar tashkiloti yuqori daraj...

Joriy yil 11-noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Turkiy davlatlar t...

Tojikiston ommaviy axborot vositalari Tu...

Tojikistondagi yetakchi ommaviy axborot vositalaridan biri - “Avesta” axborot agentligi ...

Germaniya ommaviy axborot vositalari Sam...

Germaniyaning “RusVerlag.de” elektron nari sahifasida «Turkiy davlatlar tashkiloti turkiy ...

So`nggi yangiliklar