Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Aprel/2022   Vatandoshlarimiz

Oqtov shahrida o‘zbekistonlik talabalar o‘rtasida futbol va shashka musobaqalari o‘tkazildi

 OQTOV, 18-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Kaspiy davlat texnika va muhandislik universitetida tahsil olayotgan vatandosh talabalar o‘rtasida futbol va shashka bo‘yicha o‘rtoqlik musobaqalari tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, yosh avlodga qulay shart-sharoitlar yaratish va eʼtibor qaratish borasida olib borilayotgan davlat siyosati hamda mamlakat rahbariyatining bu boradagi boshqa qaror va tashabbuslari to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Musobaqa talabalarga bir-birlarini yaxshiroq bilish, aloqa o‘rnatish va rejalashtirilgan barcha o‘yinlarni do‘stona muhitda o‘tkazish imkoniyatini berdi.

Yoshlar o‘rtasidagi turnir yakunlariga ko‘ra, birinchi o‘rinni “Turon”, ikkinchi o‘rinni “Spartak” va uchinchi o‘rinni “Dinamo” futbol jamoalari egalladi.

Shashka musobaqalarida sovrinli o‘rinlar talaba qizlarga nasib etdi.

Barcha g‘oliblarga kubok, faxriy yorliqlar va sovg‘alar topshirildi.

Mavzuga oid

Yaponiyada istiqomat qilayotgan vatando...

Mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan Sukuba universitetida tahsil olayotgan...

Sankt-Peterburgda vatandoshlar bilan dav...

Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasida “El-yurt umidi” jamg‘arama...

Bosh konsulxona tomonidan mushkul vaziya...

Yaqinda Toshkent viloyatida tug‘ilgan mamlakatimiz fuqarosi Vazira Farmonova O‘zbekistonni...

So`nggi yangiliklar