Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Dekabr/2022   Jamiyat

Oqtovda mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

OQTOV, 6-dekabr. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasida mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda Mang‘istau viloyatidagi “Paxtakor” o‘zbek etno-madaniy birlashmasi raisi va aʼzolari, Shaxmardan Yesenov nomidagi Kaspiy Davlat texnologiyalar va injiniring univerisitetida taʼlim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar hamda Mang‘istau viloyatida vaqtincha mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishdi.

Davra suhbati ishtirokchilariga Konstitutsiyamizning tarixiy ahamiyati, uning xalqimiz farovonligi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lidagi o‘rni haqidagi maʼlumotlar taqdim etildi. Konstitutsiya yurtimiz taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolarimizning xohish-irodasini aks ettirishi, xalqimizning tinch va farovon hayotining ishonchli kafolati bo‘lib xizmat qilishi bilan bog‘liq jihatlarga alohida eʼtibor qaratildi.

“Inson – Jamiyat – Davlat” tamoyili asosida O‘zbekistonda demokratik islohotlar amalga oshirilayotgani, har bir inson Bosh Qomusimiz bilan kafolatlangan huquqlarini qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanayotgani qayd etildi.

Davra suhbati nihoyasiga yetgach ishtirokchilar bayram dasturxoniga taklif etildi.

Mavzuga oid

O‘monda O‘zbek tili bayrami kuni nishonl...

O‘zbek tili bayrami kunini keng nishonlash doirasida mamlakatimizning O‘mon Sultonligidagi...

Vashington interpol departamenti vakilla...

Vashington interpol departamenti delegatsiya O‘zbekistonga safari davomida Samarqand shahr...

Hindiston matbuoti O‘zbekistonda aholini...

Hindistonning diplomacyindia.com va sarkaritel.com internat resurslarida O‘zbekistonda ah...

So`nggi yangiliklar