Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/May/2021   Ekologiya

Orolbo‘yida bio xilma-xillik ilmiy tadqiqotlarini birgalikda olib borish imkoniyatlari Fransiyada muhokama etildi


PARIJ, 4-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi tomonidan “Orol dengizi – bio xilma-xillikni tiklash uchun yangi imkoniyatlar” mavzusiga bag‘ishlangan “davra suhbati” tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbek va fransuz mutaxassislari ishtirokida onlayn shaklda uyushtirilgan mazkur tadbirda mamlakatimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, mazkur qo‘mita huzuridagi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti  vakillari, Fransiya tomonidan esa Bio xilma-xillik sintezi va tahlili markazi (CESAB), Bio xilma-xillik sohasidagi tadqiqotlar jamg‘armasi va Barqaror investitsiyalar katta Parij alyansi rahbariyati hamda Fransiya ekologiya tadqiqotlari instituti vakillari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida CESAB faoliyatining taqdimoti tashkil etildi. Fransiya tomoni Orol dengizi muammosining umumbashariy ahmiyatini hisobga olgan holda ilmiy tadqiqotlar sohasida, jumladan, Orolbo‘yi mintaqasiga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarning tizimli kartografiyasini ishlab chiqish, O‘zbekiston ustuvorliklariga muvofiq keladigan tadqiqot dasturlarini ishga tushirish bo‘yicha mamlakatimiz bilan hamkorlikka tayyor ekanini maʼlum qildi.

Tomonlar bio xilma-xillik taʼminlanishida ilm-fan tutadigan muhim o‘rinni taʼkidlashlari barobarida Orol dengizining qurigan tub joylarini alohida ekotizim sifatida majmuali o‘rganish bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar olib borish hamda mintaqa florasi va faunasining ayrim turlari tadqiqotlarining metodologiyasi va monitoringi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.  

Tadbir yakunlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni hayotga tadbiq etish uchun xalqaro va Yevropa mamlakatlari grantlarini jalb etish yo‘li bilan o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini chuqur o‘rganish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning atrof-muhit va bioxilma-...

O‘zbekiston FA Botanika instituti olimlari Xitoy FA ning Shinjon Ekologiya va geografiya i...

Yaponiyada Orol muammasiga bag‘ishlangan...

Yaponiyada “Virtual shaharda barqaror taraqqiyot maqsadlari” bo‘yicha 4-xalqaro atrof-muhi...

Belgiyadan munosabat: O‘zbekiston atrof-...

Belgiyaning «Travel Tomorrow» jurnali veb-saytida O‘zbekistonning biologik xilma-xillikni ...

So`nggi yangiliklar