Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Yanvar/2021   Sport

Osiyo Chempionlar ligasi va OFK kubogiga qurʼa tashlandi. O‘zbekiston vakillarining raqiblari maʼlum bo‘ldi


TOSHKENT, 27-yanvar. /“Dunyo” AA/. Bugun Osiyo Chempionlar ligasi va OFK kubogining 2021 yilgi mavsumiga qurʼa tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bu yil qitʼa miqyosidagi xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini Toshkentning “Paxtakor”,  Olmaliqning “AGMK” va  Qarshining “Nasaf” klublari himoya qilish imkoniyatiga ega. 

“Paxtakor” to‘g‘ridan-to‘g‘ri qitʼa Chempionlar ligasi guruh bosqichidan musobaqaga qo‘shilsa, olmaliqliklar pley-offda o‘z omadini sinab ko‘radi.

AGMKning pley-offdagi natijasidan kelib chiqqan holda “Nasaf” OFK kubogida qatnashishi mumkin bo‘ladi.

Qurʼa natijasiga ko‘ra, mamlakatimizning 2020 yildagi chempioni “Paxtakor” futbol klubi G‘arb mintaqasining “V” guruhida BAAning “Sharja”, Eronning “Traktor” va 2-pley-off g‘olibi («Al Vahda», Saudiya Arabistoni yoki «Al Quva Al Javiya», Iroq) jamoalari bilan bahs olib boradi.

 Olmaliqning  “AGMK” klubi esa saralash o‘yinida Qatarning «Al Garafa» jamoasi bilan bahs yuritadi. Ushbu pley-off juftligi g‘olibi “A” guruhidan o‘rin oladi.

OFK kubogida O‘zbekiston vakili (“AGMK” yoki “Nasaf”) “F” guruhida «Oltin asr» (Turkmaniston), “Xo‘jand” (Tojikiston) va “Oloy” (Qirg‘iziston) bilan o‘ynaydi.

 Maʼlumot uchun, agar “AGMK” OCHL pley-off  juftligida g‘alaba qozonsa, “Nasaf” OFK kubogida ishtirok etadi. “AGMK” yutqazgan taqdirda OFK kubogida ishtirokini davom ettiradi.

Mavzuga oid

«Bosh vazir kubogi-2020: Tashqi ishlar v...

Poytaxtimizdagi «Bunyodkor» stadionida vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yiri...

Taniqli o‘zbek professional bokschisi n...

O‘zbekistonlik professional bokschi Sherzod Husanov navbatdagi g‘alabasini Polshada nishon...

Tokio-2020ga litsenziya beradigan boks b...

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan boks bo‘yicha Tokio-2020 litsenzion musobaqasini o‘tk...

So`nggi yangiliklar