Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Avgust/2020   Sport

Oston O‘runov Rossiyaning eng nomdor futbol klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi


TOSHKENT, 5 avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Boshqirdistonning “Ufa” futbol klubi  aʼzosi Oston O‘runov Moskvaning “Spartak” klubi bilan rasman shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. 

Rossiya OAVning yozicha, moskvaliklar o‘zbek futbolchisi bilan 5 yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Oston “Spartak” tarkibida 20-raqam ostida maydonga tushadi.

Biroq “Spartak” futbol klubi Oston O‘runov uchun “Ufa” klubiga qancha miqdorda pul to‘lagani haqida aniq maʼlumot berilmagan.

Oston O‘runov joriy yil avvalida, yaʼni RPLning ikkinchi davrasi boshlanishida Toshkentning “Lokomotiv” klubidan Boshqirdistonning “Ufa” klubi safiga borib qo‘shilgan edi.  U “Ufa” tarkibida Rossiya premyer-ligasida 10 uchrashuvda maydonga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli futbolchi O‘zbekiston superligasida “Navbaxor” va “Lokomotiv” jamoalari tarkibida 55 ta o‘yin o‘tkazgan.

Mavzuga oid

Mirjalol Qosimov mustaqil O‘zbekistonnin...

So‘rovnoma yana davom etadi, endi o‘zbek sporti ishqibozlari mustaqil O‘zbekistonning 2 va...

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron mi...

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Eron futbol federatsiyasi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘...

O‘zbekiston dzyudosi afsonasi Abdulla Ta...

O‘zbekiston dzyudosi afsonasi Abdulla Tangriyevning sportdagi 7 hayajonli onlari «Dunyo» A...

So`nggi yangiliklar