Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Mart/2023   Ta'lim

Ozarbayjon O‘zbekiston Prezident va xalqaro maktablari tajribasini o‘rganmoqda

BOKU, 28-mart. /“Dunyo” AA/. Ozarbayjon Fan va taʼlim vazirligi huzuridagi  53-maktab delegatsiyasi  20-26 mart kunlari O‘zbekistonda bo‘ldi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Taʼlim sohasida tajriba almashish maqsadidagi ushbu safar mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda  Ozarbayjon Fan va taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda  amalga oshirildi.

Boku shahridagi 53-maktab vakillari O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Toshkent shahridagi Prezident maktabi va Al-Beruniy xalqaro maktabida bo‘lib, ushbu taʼlim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 

Toshkent shahridagi Al-Beruniy xalqaro maktabi va Boku shahridagi 53-maktab o‘rtasida “OCEP” loyihasi doirasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ozarbayjon vakillari, shuningdek, O‘zbekistonning boy tarixi, madaniy merosi va turizm salohiyati bilan tanitish maqsadida Samarqand va Buxoro shaharlarda ham bo‘ldilar.  

Mavzuga oid

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va...

Kecha Malayziyadagi elchixonamiz ko‘magida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi d...

O‘zbekiston delegatsiyasi Isroilning qis...

«Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» mil...

O‘zbekiston Yuristlar malakasini oshiris...

Mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi, Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini...

So`nggi yangiliklar