Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Sentabr/2021   Saylov - 2021

Ozarbayjon Milliy Majlisi deputatlari O‘zbekiston Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashadi


BOKU, 24-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Bahrom Ashrafxonov Ozarbayjon Milliy Majlisi deputatlari va “Ozarbayjon-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati vakillari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda Milliy Majlis intizom komissiyasi raisi, Ozarbayjon-O‘zbekiston parlamentlararo munosabatlar bo‘yicha ishchi guruhi rahbari, “Ozarbayjon-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati raisi Eldar Ibragimov, Milliy Majlis deputatlari, Ozarbayjon-O‘zbekiston parlamentlararo munosabatlar bo‘yicha ishchi guruhi aʼzolari Javanshir Poshozoda, Elman Nasirov va Agalar Veliyev, “Ozarbayjon-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori Zemfira Qodirova va do‘stlik jamiyati raisining o‘rinbosari, professor Tarlan Guliyev ishtirok etdi.

Suhbat chog‘ida mehmonlar mamlakat va Markaziy Osiyo mintaqasini kelgusi barqaror rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadigan joriy yilning eng muhim siyosiy voqealaridan biri - 24 oktyabr kuni  bo‘lib o‘tadigan  O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasi bilan tanishdi. Saylov takomillashtirilgan milliy qonunchilik va yangi Saylov kodeksi asosida demokratiya, oshkoralik, ochiqlik va xalqaro standartlarga rioya etgan holda o‘tkazilishi taʼkidlandi.

Saylov shaffofligi va demokratiya talablarini taʼminlashda xalqaro kuzatuvchilar, shubhasiz, muhim rol o‘ynashi qayd etildi. O‘zbekiston Prezidenti sayloviga xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, jumladan, MDH va YEXHT DIIHB dan 800 nafarga yaqin kuzatuvchi qatnashishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti saylovida Ozarbayjon tomonidan kuzatuvchi sifatida qatnashadigan deputatlar Eldar Ibragimov, Javanshir Poshozoda, Elman Nasirov va Zemfira Qodirova o‘z chiqishlarida xalqaro kuzatuvchi missiyasini katta sharaf bilan bajarishga tayyor ekanini taʼkidlab, saylov jarayoni xalqaro standartlariga muvofiq yuqori saviyada o‘tkazilishiga ishonch bildirdi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi ...

O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi bo‘lajak Prezident sayloviga konsullik okrugi hudu...

O‘zbekiston Prezidenti saylovi okruglari...

Bugun Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Komissiya raisi ...

O‘zbekiston Prezidentining Oliy Yevroosi...

Janubiy Koreyadagi «The Korea Post» jurnalida O‘zbekiston Prezidentining 14 oktabr kuni Ol...

So`nggi yangiliklar