Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Sentabr/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Ozarbayjon Milliy Majlisi qo‘mitasi raisining O‘zbekiston haqidagi kitobi chop etildi

BOKU, 22-sentabr. /“Dunyo” AA/. Kecha Ozarbayjon Milliy Majlisi madaniyat qo‘mitasi raisi Ganira Pashayevaning «Addim – Addim O‘zbekiston» nomli kitobining onlayn-taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Dunyo AA muxbiri.


Unda kitob muallifi Ganira Pashayeva, O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi Bahrom Ashrafxonov, Toshkentdagi Haydar Aliyev madaniyat markazi direktori Samir Abbasov, O‘zbekiston – Ozarbayjon do‘stlik jamiyati ijrochi direktori Erkin Nuriddinov, adabiyotshunos, tarjimon Boboxon Sharif, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi Fuzuliy markazi direktori Gulbahor Ashurova, Ozarbayjon hududiy va huquqiy maʼnaviyat ijtimoiy birlashmasi raisi Arzu Bagirova ishtirok etdi.

Bahrom Ashrafxonov ushbu kitobda o‘zbek xalqining ko‘hna tarixi, zamonaviy rivojlanishi, tili va dini mushtarak xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar o‘zaro hamjihatlikda tobora rivojlanayotgani o‘z ifodasini topganini qayd etdi. Elchi buning uchun muallifga chuqur minnatdorlik izhor etdi.

Ishtirokchilar O‘zbekistonda madaniy-maʼrifiy sohaga, adabiyot ravnaqiga katta eʼtibor qaratilayotganini va bu yo‘nalishda keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganini eʼtirof etdi.

Muallif Ganira Pashayeva mazkur kitobning vujudga kelishiga asosiy sabab O‘zbekiston bo‘ylab safar bilan bog‘liq ekanini maʼlum qildi.

«Mamlakatdagi tarixiy qadamjolar va o‘zbek zaminida yashab o‘tgan olimu ulamolar, shoirlar va buyuk davlat arboblariga ko‘rsatilayotgan eʼtibor ushbu kitobni yana-da boyitdi, - dedi muallif. - Men fursatdan foydalanib o‘zbek xalqini O‘zbekiston davlat mustaqilligining yubiley sanasi bilan bilan qutlayman va «Addim – Addim O‘zbekiston» kitobimni mamlakat mustaqilligining 30 yilligiga tuhfa sifatida qabul qilishingizni so‘rayman».

Mavzuga oid

O‘zbekiston diplomatlari Moskva viloyati...

Rossiyada mehnat faoliyatini yuritayotgan yurtdoshlarimizning huquqlari va qonuniy manfaat...

O‘zbekiston elchixonasi Fransiyaning Bre...

O‘zbekiston va Fransiya hududlari o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish, fran...

JIDU malayziyalik sheriklar bilan hamkor...

Kecha O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ko‘magida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiy...

So`nggi yangiliklar