17/Mart/2022 Sanalar
BOKU, 17-mart. /«Dunyo» AA/. Ozarbayjonda Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston elchixona milliy-madaniy ko‘rgazmasi bilan ishtirok etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Tadbirda, shuningdek, Ozarbayjondagi turkiy davlatlar diplomatiya vakonatxonalari ham o‘zlarining milliy stendlari bilan qatnashdi.
O‘zbekiston pavilonida o‘zbek milliy taomlari va milliy hunarmandchilik mahsulotlari, shu jumladan, kulolchilik, o‘ymakorlik, kashtachilik kabi xalq amaliy san’ati mahsulotlari taqdim etildi. Mamlakatimiz tarixi, sayyohlik solahiyati va qadimiy obidalari haqidagi videorolik ham namoyish etildi.
O‘zbekiston diplomatlari tomonidan o‘tkazilgan taqdimotda uch ming yillik tarixga ega Navro‘z bayrami yurtimizda keng nishonlanishi, Navro‘z sayllari, xalqimizning milliy urf-odatlari va sport o‘yinlari haqidagi batafsil ma’lumotlar tadbir ishtirokchilarining e’tiboriga havola qilindi.