Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/Oktabr/2021   Vatandoshlarimiz

Ozarbayjonda yashayotgan vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli o‘tkazildi


BOKU, 12 oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Bokudagi elchixonasi xodimlari vatandoshlarga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida amaliy safar bilan Ozarbayjonning Guba viloyatida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Sayyor qabulda Guba viloyati va uning atrofida doimiy hamda vaqtincha istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizning turli murojaatlari o‘rganib chiqildi.

Ular mamlakatimizda barcha sohalarni erkinlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli transformatsiya jarayonlari, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotda ro‘y berayotgan muhim o‘zgarishlar, O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasining borishi, shuningdek, chet eldagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hukumat tomonidan hayotga tadbiq etilayotgan eʼtiborga sazovor chora-tadbirlar bilan tanishdi.

Qabul davomida vatandoshlarning murojaatlari va savollariga diplomatlar tomonidan batafsil javob berildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston diplomatlari Janubiy Koreyad...

Bugun mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi xodimlari Koreya Respublikasining Ulsan shahri...

BMT: O‘zbekiston o‘z fuqarolarini urush ...

O‘zbekiston tomonidan xorijiy terrorchi jangarilarning harakatlaridan jabr ko‘rgan ayollar...

Janubiy Koreyada mehnat qilayotgan vatan...

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi «Oltin daftari»ga kiritilgan Janubiy Koreyada faoliya...

So`nggi yangiliklar