Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Sentabr/2021   Saylov - 2021

Ozarbayjondagi vatandoshlar bilan uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok etish tartibi tushuntirildi


BOKU, 23-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Bokudagi elchixonasida Ozarbayjonda yashayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad vatandoshlarga konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatish, O‘zbekiston Prezidenti saylovi, shuningdek, yurtimizda hayotga tadbiq etilgan keng qamrovli islohotlar bergan salmoqli natijalar haqidagi muhim maʼlumotlarni o‘rtoqlashishdan iborat bo‘ldi.

Xususan, mamlakatizda o‘tkaziladigan Prezident saylovining tashkiliy-texnik jihatlari, Ozarbayjonda saylovchilar ro‘yxatini tuzish tartibi, saylov jarayonini tashkil etish va mamlakat fuqarolarini chet eldagi saylov uchastkalariga taklif etishda O‘zbekiston diplomatiya vakolatxonalarining o‘rni, xorijdagi fuqarolarni xabardor qilish qoidalari, shuningdek, davlatimiz tomonidan chet eldagi vatandoshlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalasiga qaratilayotgan eʼtibor yuzasidan atroflicha fikr yuritildi.

Uchrashuvda vatandoshlarning turmush sharoitlari va kundalik hayotiga doir masalalar ham eʼtibordan chetda qolmadi. Ularga konsullik, tashkiliy-huquqiy masalalar bo‘yicha tegishli maslahatlar berildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti Liberal-demokrati...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston ...

O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlar bu...

Mamlakatimizning oliy siyosiy lavozimiga nomzodlar saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazi...

Italiya OAV O‘zbekistondagi saylov kampa...

Joriy yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasi taf...

So`nggi yangiliklar