28/May/2022 Dolzarb
BOKU, 28 may. /“Dunyo” AA/. «Janubiy Kavkaz» siyosatshunoslar klubi rahbari Ilgar Velizade (Ozarbayjon) Prezident Shavkat Mirziyoyevning 27 may kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi majlisidagi maʼruzasida ilgari surilgan tashabbuslarni sharhladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
- O‘zbekiston o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lini izchil amalga oshirib, mazkur jarayonda mavjud geosiyosiy va geoiqtisodiy voqeliklarni qatʼiy eʼtiborga olmoqda. Buni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi (YEOIK) sammitidagi nutqi yana bir bor tasdliqladi.
O‘zbekiston rahbari milliy manfaatlarni hisobga olgan holda va qo‘shni davlatlar manfaatlariga hurmat bildirgan holda, bugungi murakkab geosiyosiy vaziyatda mintaqaviy aloqalarning barqarorligini oshirishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi. Xususan, Toshkentning O‘zbekistonni barcha qo‘shnilari bilan bog‘laydigan, ularning manfaatlariga xizmat qiladigan samarali va barqaror transport infratuzilmasini yaratish borasidagi saʼy-harakatlari eʼtiborga loyiq, deb hisoblayman.
Innovatsion salohiyatdan yana-da samarali foydalanish va YEOIK mamlakatlari tadbirkorlarining, birinchi navbatda, yuqori texnologiyalar sohasidagi sanoat kooperatsiyasining yangi shakllarini rivojlantirish haqidagi takliflar ham yuksak eʼtiborga loyiq.