Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Oktabr/2021   Dolzarb

Ozarbayjondan munosabat: O‘zbekiston Prezidentining tashqi chegaralarni himoya qilish bo‘yicha MDH doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha taklifi juda dolzarbdir


BOKU, 16-oktabr. /«Dunyo» AA/. «Region plus» jurnali bosh muharriri Elchin Guseynov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 15 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisidagi nutqida ilgari surilgan takliflar haqida o‘z fikr-mulohazalarini yo‘lladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

- Iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va takomillashtirish mavzusi 15 oktabr kuni Minsk shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisida muhokama qilingan asosiy mavzulardan biri bo‘ldi.

Tomonlar savdo, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, transport, migratsiya, madaniy-gumanitar almashinuv yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shma rejalarni ko‘rib chiqdi va MDHda o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan ko‘p tomonlama hujjatlar to‘plamini qabul qildi.

Hamdo‘stlikka hamraislik qilayotgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, o‘z navbatida, MDHning uzoq muddatli rivojlanish konsepsiyasining maqsad-vazifalariga erishishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, u pandemiya sharoitida mintaqa mamlakatlarining barqaror iqtisodiy o‘sish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, erkin savdo zonalarining cheklovlarsiz va to‘siqlarsiz to‘liq faoliyat yuritishini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini birlashtirish muhimligini ta’kidladi. Bunga O‘zbekiston rahbarining MDH doirasidagi savdo siyosatini yanada erkinlashtirish bo‘yicha savdo munosabatlarining real holatini har tomonlama tahlil qilish borasidagi yana bir tashabbusi ham yordam beradi. Mintaqa davlatlarining sanoat hamkorligi, qo‘shma innovatsion va startap-loyihalarni amalga oshirish ham umumiy rivojlanishga xizmat qiladi.

MDH davlatlari uchun birday muhim vazifa mintaqalararo va transkontinental transport yo‘laklari tizimini mustahkamlash hamda tegishli tariflarni kamaytirish, bojxona tartiblarini soddalashtirishdan iborat.
Bugungi kunning yana bir muhim va dolzarb mavzusi Afg‘onistondagi vaziyat bilan bog‘liq.  Afg‘oniston mojarosining MDH makoniga, ayniqsa, chegara davlatlariga ta’siri ancha jiddiy. O‘zbekiston Prezidentining tashqi chegaralarni himoya qilish bo‘yicha MDH doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi taklifi esa o‘z vaqtida aytilgani va dolzarbligi bilan ahamiyatlidir. Bu borada esa qurolli kuchlarning jangovar qobiliyatini oshirish bilan birga, terrorizm va narkotrafikka qarshi kurashishda maxsus xizmatlarning o‘zaro hamkorligi ham muhim ahamiyatga ega.

Mavzuga oid

Navoiy kon-metallurgiya kombinati zamona...

Shavkat Mirziyoyev “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasini isloh qilish mas...

Bangladesh Bosh vazirining maslahatchisi...

Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi ishtirokchisi,...

Erondan munosabat: Markaziy Osiyo davlat...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uch...

So`nggi yangiliklar