Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Iyul/2021   Dolzarb

Ozarbayjondan munosabat: O‘zbekiston Sharq va G‘arb, Shimol va Janub o‘rtasida ko‘prik bo‘lish uchun ulkan salohiyatga ega


BOKU, 26-iyul./ «Dunyo» AA/. Xalqaro ekspertlar va siyosatshunoslar 15-16-iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasi natijalarini sharhlashda davom etmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

 Rusif Guseynov, «Topchubashov Center» tahliliy markazining direktori (Ozarbayjon):

 - Markaziy Osiyo Yevroosiyo transport loyihalari va afg‘onlararo ziddiyatlarning rivojlanishi ortidan xalqaro hamjamiyat e’tiborini ko‘proq o‘ziga jalb etmoqda. Ushbu mintaqada O‘zbekiston transport loyihalarini amalga oshirish rejalarini e’lon qilish orqali mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash tashabbusini ilgari surmoqda.

 Minqaning markazida joylashgan davlat sifatida O‘zbekiston Sharq va G‘arb va Shimol va Janub o‘rtasida ko‘prik bo‘lishdek ulkan salohiyatga ega. Bu jarayonda O‘zbekiston rahbariyatining harakatlarini munosib baholash lozim. Toshkent tashabbusi bilan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasining o‘tkazilgani O‘zbekistonning ham Markaziy, ham Janubiy Osiyoda mintaqaviy kontinental ahamiyatga bo‘lgan transport infratuzilmasini ta’minlash borasida faol harakat qilayotganidan dalolat beradi.

 O‘zbekiston uchun Pokiston portlariga eltadigan yo‘l kerak. Bu esa faqat Afg‘oniston orqali amalga oshishi mumkin. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston bu mamlakatda kechayotgan ichki jarayonlarni tinch yo‘l bilan hal etishdan manfaatdor tomonlardan biri hisoblanadi. Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda yetakchilik qilish uchun O‘zbekiston AQSh, Afg‘oniston va Pokiston bilan birgalikda Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda mintaqaviy savdo va biznes aloqalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan to‘rt tomonlama diplomatik platforma yaratdi.

Mavzuga oid

Koreya Xalqaro iqtisodiy siyosat institu...

Janubiy Koreya Xalqaro iqtisodiy siyosat instituti prezidenti, doktor Kim Xin Chon: – Bug...

Britaniyalik ekspert bilan Xalqaro innov...

Muloqot so‘ngida yaqin kunlarda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Pol Sloan ko‘m...

Misr diplomatlari: O‘zbekistonning BMT ...

Misr siyosiy doiralari vakillari BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasi doirasida o‘tkazil...

So`nggi yangiliklar